Turkiya bo’ylab poezdda sayohat qilib mamlakatning go’zal va betakror tabiatini tez ve o’zingizga qulay tarzda tomosha qilishingiz mumkin.
Turkiyaning rangbarang tabiatini o’z ko’zi bilan ko’rishni istagan sayohatchilar uchun poezd sayohati erkin, tejamkor va qulay variant bo’lish bilan birga poezdlar, samolyotlarga qaraganda uglerod chiqindilarini ikki baravar kam sarflashi bilan ekologik jihatdan foydali sayohat hisoblanadi.
Poezd sayohatlarida Turkiyaning kichik va xushmanzara shaharlarini tomosha qilish xavfsizlik kamarlaridan holi o’laroq zavq bilan sayohat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, poezdda – yo’lni tejabgina qolmay, tog’ va daryo manzaralaridan bahramand bo’lgan holda qahva ham ichish mumkin.
Poezdda sayohat – bu Turkiyaninig o’zgacha go’zalliklarini kashf qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.
So’nggi yillarda mamlakatdagi mavjud yo’nalishlar bo’yicha tezyurar poezdlar qatnovini rivojlantirishga katta miqdorda sarmoya kiritish orqali poezdda sayohat qiluvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Poezdda sayohat, marshrut bo’ylab tabiiy go’zalliklar va yashil tabiatdan bahramand bo’lishni xohlaydigan sayohatchilar uchun unutilmas onlarni taqdim qiladi.
Turistik Sharq Ekspressi katta qiziqish uyg’otmoqda!
Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi to’rtta poezd yo’nalishlaridan biri hisoblangan turistik Sharqiy E kspress sayohatchilarning katta e’tiborini o’ziga jalb qiladi.
Turkiyaning poytaxti Anqarani mamlakatning eng sharqidagi tarixiy Kars shahri bilan bog’laydigan mazkur turistik Sharq Ekspress poezdi safarlari har kuni yo’lga qo’yilgan bo’lib, ikki Shahar oralig’idagi masofaning uzunlugi 1365 kilometrni tashlik qiladi.
Anqara-Kars yo’nalishida turistik Sharq Ekspresi sayohati uchun Anqaradan jo’naydigan poezd navbat bilan Kayseri, Sivas, Erzinjon va Erzurumdan o’tib, Karsga yetib boradi. Taxminan 1365 kilometrlik yo’lni 31 soatda bosib o’tadi.
Turistik Sharq Ekspresi Anqara-Kars yo’nalishida Erzinsanda ikki soat 20 daqiqa, Ilich va Erzurumda uch soat to’xtaydi. Kars-Anqara yo’nalishida esa, Divrig’ida ikki yarim soat va Bostankayada uch yarim soat to’xtab o’tadi.
Sayohatchilar bu to’xtalishlar davrida ushbu shaharlardagi diqqatga sazovor joylarni ko’zdan kechirishlari va maxalliy oshxona taomlaridan tanovvul qilishlari mumkin.
Uxlash va ovqatlanish vagonlaridan iborat Sharqiy Ekspress poezdi jami 9 ta vagon, jumladan 2 ta xizmat, 1 ta ovqatlanish va 6 ta yotoqli vagondan iborat bo’lib, jami 120 yo’lovchi oladi. Har bir kupeda faqat 2 kishi sayohat qilishi mumkin.
Kars-Ardaxon chegarasida joylashgan Childdir ko’li Sharqiy Turistik Ekspressning eng mashhur to’xtash joylaridan biridir. Qishda yo’lovchilar poezddan tushib, muz bilan qoplangan ko’lda sayr qilishi, otli chanalarda uchishi va muzli ko’lda Yevroosiyo sazanlarini ovlayotgan baliqchilarni tomosha qilishi va ochiq osmon ostida sayr qilishlari mumkin.
Palando’kenda Turkiyaning eng uzun tog’-chang’i yo’li joylashgan bo’lib, bundan tashqari, kurort o’zining qorlari, tik qiyaliklari va uzun uchish-qo’nish yo’lagi bilan ham mashhur. Palando’kendagi qor mavsumining uzayishi esa yil davomida olti oy chang’ida uchish imkonini beradi.
Yo’lovchilar 2016 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Ani xarobalari ziyorati bilan g’ayrioddiy ekskursiyaga guvoh bo’lishlari mumkin. Shuningdek, Karsning geografik ko’rsatkichli mahsuloti bo’lmish asal, 207 turdagi qushni uchratish mumkin bo’lgan Kuyujak qushlar qo’riqxonasini hamda Turkiyaning birinchi va yagona pishloq muzeyi Bo’g’atepeni ham tomosha qilishlari mumkin.