Olma sharbatining foydasi (jaydari maslahat)

Olmalarim serob. Juda ko’p.
Qurt teshgan, zarba yegan olmalarni sharbat qilib ichyapmiz.
Toshkondagi uyimda sharbat chiqaradigan apparatim bor edi, o’tgan kuni o’g’lim olib keldi.
Apparatni 2005 – yil 45 ming so’mga (narhiyam esimda) sotib olgandim.
O’shanda Moskvadan jarrohlik amaliyotidan qaytgandim. O’ta holdan toygandim, axir operatsiyam neyroxirurgiya edi. Tanamni tiklash uchun ko’p-ko’p, rosa ko’p olma sharbati ichgandim. Foydasi zo’r bo’lgandi.
Olma sharbati tarkibida kislota ko’p bo’lgani bois, u tanadagi ortiqcha yog’larni eritadi.
Olmada temir moddasi ham ko’p. Temir qonni quvatlantiradi.

Olma sharbatining foydasi (jaydari maslahat)

Olmalarim sersuv ekan. Bugun ertalab hammamiz salkam bir kosadan olma sharbati ichdik.
Mitti qizim: » Opoqi, yana ichaman! «- dedi.
O’g’lim: » Dada, yana tayyorlang! «.
Qizim:» Dada,shirinligini ko’ring».
Shunaqa. Ko’p-ko’p sharbat ichamiz endi.
Tagiga to’kilgan, qurt yegan olmalarimiz rosa ko’p.

Rahimjon Rahmat

Olma sharbatining foydasi (jaydari maslahat)
loading…