May oyida Oyning yarim soyali tutilishiga guvoh bo'lamiz

2023 yilda Oyning yarim soyali tutilishi may oyida yuz beradi. U aprel oyi oxirida boshlangan 2023 yilgi «tutilishlar» yo’lagini yopadi.

 

Oyning yarim soyali tutilishi – bu Yerning faqat tashqi soyasi Oy diskiga tushishini anglatadi. Ya’ni, bu tutilish to’liq emas.

 

2023 yil 5 maydan 6 mayga o’tar kechasi Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyaning aksariyat aholisi Oyning yarim soyali tutilishini kuzatishi mumkin bo’ladi.

 

Tutilish cho’qqisida Oy chetining qorayganini, ya’ni diskining yarim soyada bo’lgan qisminigina ko’rish mumkin bo’ladi.

 

5 may kuni Oyning katta qismi yarim soyada bo’ladi, shuning uchun tutilish chuqur yarim soyali deb ataladi. Tutilishning o’rtasida Oy yuzasi odatdagi oq o’rniga qora va jigarrangga aylanishi mumkin.

 

Keyingi shunday tutilish 2042 yil sentyabr oyida sodir bo’ladi.