Bu holat Venetsiyada sodir bo’lgan.
Venetsiya aholisi g’ayrioddiy manzaraga guvoh bo’ldi: mashhur Grand kanalidagi suv fluoressent yashil rangga aylandi, deb xabar beradi CNN.
Mahalliy hokimiyat vakillari suvdan namunalar olib, noodatiy hodisa yuzasidan shoshilinch tekshiruv boshladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ko’plab suratlarga ko’ra, yashil rang birinchi bo’lib ertalab soat 9:30 da paydo bo’lgan va shundan so’ng asta-sekin kengaygan.
Mashhur Rialto ko’prigi atrofidagi suvning rangi o’zgarishiga nima sabab bo’lishi mumkinligi haqida ko’plab taxminlar mavjud. Taxminlarga ko’ra, bu bo’yoq suvga qo’shilgan bo’lishi mumkin.
Shahar kengashi a’zosi Andrea Pegoraro so’nggi oylarda Italiya madaniy meros ob’yektlarini nishonga aylantirgan ekolog-faollarni aybladi.
Italiya ommaviy axborot vositalari mahalliy politsiya videokuzatuv kameralari tasvirlarini tekshirayotgani haqida xabar berdi.
Ko’pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Venetsiyadagi voqea argentinalik rassom Nikolas Garsia Uriburuning 1968 yilda ekologiya muammolariga e’tibor qaratish uchun Grand-kanal suvlarini yashil rangga bo’yaganini eslayapti.