1. Avstraliyada yashovchi yovvoyi odamlarning erkagi uchun uylanishdan oson ish yo’q. U o’ziga yoqqan qizni topadi, ko’zdan panaroq yerga borishini kutadi, orqadan kelib boshiga maxsus tayoq bilan tushirib, hushidan ketkazadi. Keyin uyiga olib kirib ketadi va xotirjamlikda shu qizga uylanadi-qo’yadi.
2. Faqat Peruda tirik qurbaqadan tayyorlangan ichimlik sotiladi. Uni tayyorlash qiyin emas. Qurbaqani asal, aloe sharbati, nasha tomiri bilan yaxshilab aralashtiriladi, vassalom. To’g’ri, ichimlik juda badbo’y va yoqimsiz. Lekin u astma, bronxit kabi xastaliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Erkaklarning jinsiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
3. Avstraliyada bug’doydan har yili 20 million tonna hosil olinadi. Har bir avstraliyalikka bir tonnadan bug’doy to’g’ri keladi. Hosilning asosiy qismi esa eksport qilinadi. Ajablanarlisi, bu mamlakatda ishga yaroqli aholi umumiy aholining atigi 3, 6 foizini tashkil etadi xolos.
4. Kayman toshbaqasi sovuqdan umuman qo’rqmaydi. U qishda aynan muz ostiga kirib uyquga ketadi. Bahorda esa muzlab qolgan tanasi yana erib, asta tashqariga chiqadi.
5. Dunyodagi eng yirik marvaridning vazni 6 kilogrammga teng.
6. Ilgari AQSh qonunlariga ko’ra pochta orqali nafaqat jo’natma va xatlarni, balki yosh bolalarni ham u manzildan bu manzilga yuborish mumkin bo’lgan. Ushbu qonun 1913 yildagina bekor qilindi.
7. Osmondagi bulutning o’rtacha vazni 500 tonnaga teng. Bu 80 ta ulkan fil deganidir.
8. Dastlab otvertka devorga qoqilgan mixlarni sug’urish maqsadlarida yaratilgan. Shurup esa otvertkadan keyin oradan 100 yil o’tgachgina paydo bo’ldi.
9. Antarktidada bittagina soy bor. Bu soy yiliga 60 kungina oqadi. Qolgan vaqtda suvi muzlab qoladi.
10. Qadimiy Misrda firavn olamdan o’tsa, xizmatkorlari ham o’ldirilib, u bilan birga dafn etilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi