Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 1

Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto)

Odatda ixtironi patentlash uchun, aslida, faqat uchta savolga javob berish kerak:

  • Ixtiro yangi emasmi?
  • Foydalanish uchun mosmi?
  • Bugungi kunda keng qo’llaniladimi?
  • Agar javoblar «ha», «ha» va «yo’q» bo’lsa, unda sizning qo’lingizda patent bor.

    Bugun sizga dunyo ilm-fani yangiligi deya eʼtirof etilgan hamda biroz beʼmani tuyiladigan 9ta patentlar haqida maʼlumot beramiz. Demak, boshladik…

  • 2002 – yilda “Otalar uchun egar” ixtirosi uchun patent berilgan.
  • Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 2

    Qiziq jihati, chaqaloqlarni koʼtarib yurish uchun juda ko’p sonli qurilmalar mavjud. Ushbu qurilma esa katta yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan ekan. Ana boʼlmasa!

  • Kemiruvchi hayvonlar inson tanasida maza qilib yurishlari uchun maxsus jelet. Ushbu ixtiroga 1999 – yilda patent olingan ekan.
  • Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 3

    Bu ixtiro kemiruvchi hayvonlarni yaxshi koʼruvchilar uchun maxsus yaratilgan ekan. Jelet yordamida bemalol uyda ham kemiruvchi “doʼst”laringiz bilan birga yashashingiz imkonini berar ekan.

  • Mobil telefon qo’ng’iroqlariga bir zumda javob berishga imkon beruvchi qurilma. Ushbu ixtiroga 2004 – yilda patent olingan.Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 4
  • Odam-velosiped. Patent 2004 – yilda berilgan. Hayratlanarlisi, ushbu velosipedning ikkita g’ildiragi inson tanasi bilan bog’lanadi.Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 5
  • Hayvonlar uchun akvalang. Patent 2001 – yilda berilgan. Baʼzida hayvonlar suv ostida suzishni xohlab qolishlari ham mumkin-ku. Shunda ushbu ixtiro bilan bemalol suv ostiga sayohat qilsa boʼladi-da!Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 6
  • Toʼkilgan xazon barglarini yig’ish uchun qurilma. Patent 2003 – yilda berilgan. Bunda qurilma odam oyoqlariga taqiladi va xazonlarni yigʼib oladi.Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 7
  • Umringizni qolgan vaqtini ko’rsatadigan soat. Bu gʼaroyib qurilmaga 2002 -yilda berilgan. Soat yordamida hayotingizning qolgan qismini behuda sarflashga yo’l qo’ymaydi. Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 8Soat oʼrtacha umr koʼrish yoshlari asosida shakllantirilgan va shu algoritmda ishlab chiqilgan ekan.
  • Ilonlarni sayr qildirish uchun qurilma. Ushbu moslamaga 2002 – yilda patent olingan ekan. Ixtirochilar ilon egalari duch keladigan muammoni hal etishga urinishgan ekan. Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 9Yaʼni ilonlar uyda bemalol yura olmaydilar. Shunga maxsus moslama yordamida ularni sayr qildirish mumkin boʼlar emish. Tovba!
  • Chaqaloqlar ogʼzidan tushirib yubora olmaydigan soʼrgʼichlar. Qurilmaga 2000 – yilda patent olingan ekan. Dunyodagi eng kulgili patentlar (+foto) 10Ixtirochilarning fikricha, bu qurilma bolaning yig’lashiga toqat qilmaydigan ota-onalar yoki opa-singillar uchun ham qoʼl kelarmish.
  • billionnews.ru

    Добавить комментарий

    Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *