Odatda ixtironi patentlash uchun, aslida, faqat uchta savolga javob berish kerak:
Ixtiro yangi emasmi?
Foydalanish uchun mosmi?
Bugungi kunda keng qo’llaniladimi?
Agar javoblar «ha», «ha» va «yo’q» bo’lsa, unda sizning qo’lingizda patent bor.
Bugun sizga dunyo ilm-fani yangiligi deya eʼtirof etilgan hamda biroz beʼmani tuyiladigan 9ta patentlar haqida maʼlumot beramiz. Demak, boshladik…
2002 – yilda “Otalar uchun egar” ixtirosi uchun patent berilgan.
Qiziq jihati, chaqaloqlarni koʼtarib yurish uchun juda ko’p sonli qurilmalar mavjud. Ushbu qurilma esa katta yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan ekan. Ana boʼlmasa!
Kemiruvchi hayvonlar inson tanasida maza qilib yurishlari uchun maxsus jelet. Ushbu ixtiroga 1999 – yilda patent olingan ekan.
Bu ixtiro kemiruvchi hayvonlarni yaxshi koʼruvchilar uchun maxsus yaratilgan ekan. Jelet yordamida bemalol uyda ham kemiruvchi “doʼst”laringiz bilan birga yashashingiz imkonini berar ekan.
Mobil telefon qo’ng’iroqlariga bir zumda javob berishga imkon beruvchi qurilma. Ushbu ixtiroga 2004 – yilda patent olingan.
Odam-velosiped. Patent 2004 – yilda berilgan. Hayratlanarlisi, ushbu velosipedning ikkita g’ildiragi inson tanasi bilan bog’lanadi.
Hayvonlar uchun akvalang. Patent 2001 – yilda berilgan. Baʼzida hayvonlar suv ostida suzishni xohlab qolishlari ham mumkin-ku. Shunda ushbu ixtiro bilan bemalol suv ostiga sayohat qilsa boʼladi-da!
Toʼkilgan xazon barglarini yig’ish uchun qurilma. Patent 2003 – yilda berilgan. Bunda qurilma odam oyoqlariga taqiladi va xazonlarni yigʼib oladi.
Umringizni qolgan vaqtini ko’rsatadigan soat. Bu gʼaroyib qurilmaga 2002 -yilda berilgan. Soat yordamida hayotingizning qolgan qismini behuda sarflashga yo’l qo’ymaydi. Soat oʼrtacha umr koʼrish yoshlari asosida shakllantirilgan va shu algoritmda ishlab chiqilgan ekan.
Ilonlarni sayr qildirish uchun qurilma. Ushbu moslamaga 2002 – yilda patent olingan ekan. Ixtirochilar ilon egalari duch keladigan muammoni hal etishga urinishgan ekan. Yaʼni ilonlar uyda bemalol yura olmaydilar. Shunga maxsus moslama yordamida ularni sayr qildirish mumkin boʼlar emish. Tovba!
Chaqaloqlar ogʼzidan tushirib yubora olmaydigan soʼrgʼichlar. Qurilmaga 2000 – yilda patent olingan ekan. Ixtirochilarning fikricha, bu qurilma bolaning yig’lashiga toqat qilmaydigan ota-onalar yoki opa-singillar uchun ham qoʼl kelarmish.
billionnews.ru
Post Views: 1 457