Bu haqda Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori o’rinbosari Ivan Kusevlyak ma’lum qildi.
“Dunyo” AA xabariga ko’ra, O’zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona xodimlari Chelyabinsk viloyatida bo’lib, hudud gubernatori o’rinbosari Ivan Kusevlyak bilan muloqot o’tkazishgan.
🔸Kusevlyak O’zbekiston hududlari va Chelyabinsk viloyati o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha katta salohiyat borligini qayd etdi.
🔸Uchrashuvda shu yilning ikkinchi choragida Chelyabinsk shahrida “Made in Uzbekistan” mahsulotlar ko’rgazmasini o’tkazish taklifi bildirildi.
Izohlarni ko`rish