1. Aytishlaricha, Xitoy devori yupqaligi bois orbitadan turib uni maxsus uskunalarsiz ko’rib bo’lmas ekan. To’g’ri, ayrim kosmonavtlar orbitadan pastroqda turib bu devorni ko’rganliklari haqida gapirishgan. Ammo bu gaplar rasman tasdiqlanmagan.
2. Xitoy devorining uzunligi 9 ming kilometrga teng. Balandligi 6-10 metrni tashkil etadi. Ayrim joylarida eroziya tufayli devor buzilish pallasiga kirgan. Buzilgan joylarning balandligi 2 metrgacha tushib qolgan.
3. Xitoy devorining bir qismi hozirgi Mo’g’uliston chegarasiga o’tib qolgan.
4. Turli davrlarda Xitoy devori turlicha nomlangan. Faqat 19- asrga kelib hozirgi nom bilan atala boshlagan.
5. Xitoy devorini qurishda millionlab odamlar ishtirok etgan. Ilk bor devorni bunyod etish uchun birdaniga 750 ming kishi jalb etilgan.
6. Devor qurilishida ishtirok etib og’ir ish sharoitiga dosh berolmay o’lim topgan ishchilar murdalari devor ichiga joylanib, ustidan suvab tashlangan.
7. Buyuk Xitoy devori asosan toshdan bunyod etilgan. Ayrim yerlarigina pishgan g’ishtdan tiklangan.
8. Buyuk Xitoy devori ustidagi katta-kichik minoralar soni 25 mingtaga yaqin.
9. Xitoy devori mudofaa uchun yaroqsiz ekani allaqachon aniqlangan. Masalan, o’z davrida manchjurlar Xitoyga yurish qilganda, bu devorni sira qiynalmasdan aylanib o’ta olgan. Qo’riqchilar ham o’z hayoti uchun qayg’urib, qurolli kimsalarni kiritib yuboravergan. Yoki pul evaziga ham duch kelgan odamni o’tkazib yuborgan.
10. Xitoy devorining eng qalin qismi 9, 1 metrni tashkil etadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi