Zahiriddin Muhammad Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan. U mazkur sulolaning bunyodkorlik va ma’rifatparvarlik ishlarini olib borgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Otasi, Amir Temurning pannevarasi Umarshayx Mirzo Fargona viloyati hokimi bulgan va onasi Qutlug Nigor xonim Toshkent xonlari avlodidan bo’lgan. 1494 yili Umarshayx Mirzo vafot etgach, 12 yoshli Zahiriddin taxtga o’tirib, Fargona hokimi bo’lgan. Ammo taxtga o’girgandan keyingi 11 yil davomida O’rta Osiyoda ro’y bergan turli siyosiy o’zgarishlar uni qarindoshlari va 250 tacha piyoda askarlari bilan avval Badaxshon, so’ng Kobulga ketishga majbur etgan.
Zahiriddin Bobur yoshligidanoq turli sayohatlarni yaxshi ko’rgani haqida ma’lumotlar bor. Bunday safarlarda chiniqqan, yosh bo’lishiga qaramay, o’lkamizning geografik qiyofasini tasavvur qila olgan. Olim 15-16 yasharligida Farg’ona, Samarqand va Toshkent oralig’ini bir necha marta kezib chiqqan. 19 yoshga to’lgan yili Hisor tarafidan toqqa ko’tarilib, Fondaryo va Iskandarko’l orqali Zarafshon vodiysiga o’tib, Samarqandga kelgan. U bu haqda shunday yozadi:
«Qamrud darasiga kirib, yuqori tomonga qarab ketdik. Tor va uchma yo’llarda, baland va tik dovonlarda ko’p ot va tuya qoldi. Uch-turt manzil qo’nib, Siratog’ dovoniga yetdik. Dovonmisan-dovon. Hech qachon bunday baland va uchma yo’llar bilan yurmagan edik. Ko’p tashvish va mashaqqatlar bilan xatarli tor va uchmalardan o’tib, yuz azobu zahmatlar bilan halokatli balandliklar, tor dovonlardan oshib, Fon tumaniga keldik. Fon tog’larining orasida bir katta ko’l bor, uning muhiti – sathi taxminan bir sha’riy keladi, ajab ko’ldir, g’aroyibotdan holi emas…»
Bobur Hindistonda yirik davlat tuzishga muvaffaq bo’lgan va poytaxt sifatida Jamna (Yamuna) daryosi bo’yidagi Agra shahrini tanlagan. U 1530 yil 26 dekabrda vafot etgan. Dastlab Agra shahridagi muvaqqat maqbaraga dafn etilgan, keyinchalik xoki Afgoniston poytaxti Kobulga ko’chirilgan va hozirda shoirning maqbarasi Kobuldagi Bog’i Boburda joylashgan.ib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo’lsa, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Zahiriddin Muhammad Boburning murakkab taqdiri, uning noyob shaxsiyati, muallifning bu zotga bo’lgan mehr-muhabbati asarning bosh mavzusini tashkil etadi. Asarda shaxsiy xotiralar esse va hikoyaga, safar taassurotlari, hayotiy hangomalar badiiy-falsafiy mulohazalarga, bugungi kun voqealari tarixiy lavhalarga, tarixiy shaxslar badiiy obrazlarga uyg’un bo’lib, mazkur kitobning ham tarixiy, ham badiiy-falsafiy qimmatini oshiradi.