BO'G'MA ILON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Bo’g’ma ilon boshqa qarindoshlaridan kelajak avlodlarni tuxum qo’yish emas, balki mushuk va boshqa jonivorlar kabi homiladorlik davrini boshdan kechirgan holda dunyoga keltirishi bilan keskin farqlanadi.

2. Braziliya bo’g’ma iloni faqat quruqlikda, daraxtlar ustida yashashni ma’qul ko’radi. U o’ljasini ham faqat quruqlikdan qidiradi.

3. Oddiy bo’g’ma ilon esa odamlar yashaydigan joyga yaqin manzilda umrguzaronlik qiladi. Odamlarning ko’pchiligi bo’g’ma ilonni atayin boqadi. Chunki u sichqon va kalamushlarning dodini beradi. Odamlarga jiddiy xavf tug’ilmagan taqdirda hech qachon hujum qilmaydi.

4. Bo’yi o’sib borgan sari bo’g’ma ilon tez-tez po’st tashlash harakatiga tushadi. Buning uchun yerga ishqalanib, po’stining ma’lum qismlarini tanadan ko’chirib oladi.

5. Bo’g’ma ilon qorong’ilikda ham ov qila oladi. Bunga ko’zlari va burni oralig’idagi hid bilish reseptorlari yordam beradi.

6. Bo’g’ma ilonning faolligi ob-havo bilan bog’liq. Havo harorati qancha yuqori bo’lsa, shuncha faollashadi.

7. U o’ljasining ko’krak qafasiga o’ralib oladi-yu, yanada qattiqroq qisa boshlaydi. Shu jarayonda o’lja bir necha marta nafas chiqaradi va o’pkasida havo qolmaydi. Bo’g’ma ilon esa tobora qattiqroq bo’g’ib, o’lja to o’lmaguncha qo’yib yubormaydi.

 

OLMAXON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

BO'G'MA ILON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Olmaxon Antarktida va Avstraliyadan boshqa barcha joylarda yashaydi.

2. Olmaxon suvda juda yaxshi suzadi. Ammo dumi ho’l bo’lsa, cho’kib ketishi ham hech gap emas.

3. Har yili qish uchun olmaxonlar alohida bekitiqcha in quradi. Shu inda qishi bilan yeydigan yemishini asrashadi. Qish bo’yi och qolmasligi uchun olmaxonga 2, 5-3 ming dona yong’oq zarur bo’ladi.

4. Olmaxonni qafasda saqlansa, o’zidan ko’paya olmaydi. Bunga tutqundaligi jiddiy xalal beradi.

5. Olmaxonning erkagi urg’ochisini 1 kilometr uzoqdan his eta oladi.

6. Olmaxon daraxt tepasidan o’zi sezmagan holda pastga qulasa ham hech narsa qilmaydi. Uning dumi parashyut vazifasini o’taydi. Daraxtdan daraxtga sakraganda esa dumi rulga aylanadi.

7. Olmaxon faqat yong’oq bilan cheklanib qolmaydi. Ko’pincha sichqon, kaltakesaklarni ham tutib yeyishga qodir.

8. Yangi tug’ilgan olmaxon bolasi 10 grammdan ham ozroq vaznga ega bo’ladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi