1. Oddiylik
Bir uyum tashrif qog‘ozlari ichida sizga tegishli bo‘lgani boshqalardan ajralib turadimi? Zerikarli va odatiy narsalardan voching, o‘ziga xoslik muvaffaqiyat uchun juda ham kerakli tushuncha. Tashrif qog‘ozi buyurtma qilishda uning orginal va ajoyib bo‘lishiga diqqat qarating.
2. Sifatsiz dizayn
Agar tashrif qog‘ozingiz noprofessional tarzda ishlangan bo‘lsa sizni jiddiy odam o‘rnida qabul qilishmaydi. Biroq, o‘ta murakkab dizaynham noto‘g‘ri tasavvur paydo qilishi mumkin. Dizayn borasida ko‘proq izlaning, mayda detallardan ko‘ra kattaroq nashqlar qog‘ozda chiroyli ko‘rinadi. Bundan tashqari tashrif qog’ozining rangi va shrifti ham muhim ahamiyatiga ega, shu sababli to‘g‘ri qaror qabul qiling.
3. Ma’lumotni noto‘g‘ri yetkazib berish
Tashrif qog‘ozingizdagi dizayn va matn diqqat jalb qilish borasida o‘zaro raqobatchi bo‘lib qolmasin. Matn kattaroq, o‘qilishga oson bo‘lgani ma’qul. Biror jiddiy tadbirda tashrfi qog‘ozi olib, uning qanday ishlanganiga nazar soling. Matnning kam ekanligi, ma’lumotlarning yetarlicha bo‘lmasligi, shuningdek uni yozuv bilan to‘ldirib tashlash ham juda katta xato hisoblanadi.
4. Past sifat bilan chop qilish
Tashrif qog‘ozini chop qilishda sifat uchun tejamkorlik qilmang. Professional insonlarning tashrif qog‘ozi ham aynan shunday pofessional ko‘rinishda ishlangan bo‘lishi kerak. Sifatsiz tashrif qog‘ozi mahsulotingiz yoki xizmaе ko‘rsatish darajasiga zarar yetkazib qo‘ymasin.
5. Sifatsiz qog‘oz
Shuni yodda tutingki, tashrif qog‘oz hech qachon past sifati mahsulotdan ishlanmasligi kerak. Uning uchun arzon va yupqa qog‘oz emas, qalin, oliy sifatli karton tanlash tavsiya etiladi.
6. O‘ta katta o‘lcham
Ehtiyotkor bo‘ling, tashrif qog‘ozining haddan tashqari katta ekanligi ham uning boshqalar tomonidan nari surilishi uchun yetarli sabab. Ularni cho‘ntakka ham, kichikroq katmonlar ichiga ham solib bo‘lmaydi. Tashrif qog‘ozingizni biror odam ikkiga buklab olishini istamaysizku?
7. Aloqa raqamlari yetarli emas
Tashrif qog‘ozini taqdim qilishdan asosiy maqsad nima? Bu, albatta, kelgusida hamkorlik qilishni istagan insoningiz bilan qayta aloqaga chiqishdir. Shu sababli aloqa raqamlari, pochta manzili kabi narsalarni o‘ta aniqlik bilan yozing.