Sochlarning turlarini aniqlash

Normal sochlar- ular yoruqlikda jilvalanib turadi, ko’rinishi sog’lom, gullashga moyilligi yo’q, “ko’nikuvchan” va o’zining elastikligi bilan ajralib turadi. Yana bir ijobiy jihati shundaki, sanab o’tgan hususiyatlarimizni soch yuvilganidan bir necha kun o’tgan bo’lsada saqlab qoladi.

Yog’li sochlar- yoqimsiz yaltirashi bilan ajralib turadi.  Tez formasini yo’qotadi va alohida bo’laklarga ajralib qoladi. O’zidan yoqimsiz hid taratadi hamda “quloqsiz” bo’lib qoladi. Bundan tashqari yog’li sochlar yog’li qazg’oqlarni ham o’zida jalb qiladi.

Quruq sochlar- xira tusli ( jilvakorlik hususiyatidan yiroq), tez sinuvchan, chigallashuvchi, gullashga moyil, mayda qazg’oqli bo’ladi.

Ko’pincha soch quruqligiga noto’g’ri parvarish ham sabab bo’ladi: muntazam yuvish, soch quritishda fenning issiq haroratidan foydalanish.

Aralash soch turi – bu turga uzun sochlar kiradi desak adashmaymiz. Uzun sochlar butun uzunligi bo’ylab bir xil holatda bo’lmaydi. Ildiz qismi yog’li uchlari esa quruq holatda bo’ladi. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Normal sochlar parvarishi

Yuvish. Normal sochlarni haftada bir marotaba, iliq suvda aynan o’z turi uchun mo’ljallangan shampun bilan yuvish ayni muddao.  Yuvishdan oldin sochlar taraladi va shampunga bir oz suv qo’shib yuboriladi. Sochni  iliq suv bilan bir hil chayib  olinib, suv aralashtirilgan shampunni sochning hamma joyiga bir hil taqsimlab surtish kerak. Soch ildizlarini barmoq uchi bilan massaj qilingan holatda shampunni ko’pirtirib bir marotaba yuvishning o’zi kifoya.

Chayish

Lavr yaprog’i 50gr

1 litr suv

Suvga lavr yaprog’I bargini qo’yib 5 daqiqa qaynatamiz. Sovutib, yo’riqnoma boyicha foydalanamiz.

Normal sochlar yuvilganidan so’ng jilvakor bo’lishi uchun yana quyidagi usul bilan chayish tavsiya etiladi:

1 osh qoshiq olma sirkasi

1 litr suv.

Endigi qaynatmani soch to’kilishining oldini olish uchun ishlatsa bo’ladi:

Quritilgan yoki yangi maydalangan qichitqi o’ti(1osh qoshiq);

Suv (200-250ml).

Qichitqi o’tining ustiga qaynoq suv quyiladi, pas olov yoki suv hammomiga 10 daqiqaga qo’yiladi. So’ngra ustini yopib qo’yib yarim soatga tindirib qo’yiladi.

Limonli chayish

-100 ml limon sharbati

-1 litr suv

Limon sharbati sochlarga beqiyos jilo bog’ishlab, ularni bir tekis ko’rinishga keltiradi, yumshoqlik va mayinlik bag’sh etadi.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Yog’li sochlarni parvarishlash

Yuvish. Yog’li sochlarni kirlanishi bilan yuvish kerak. Yog’li sochlarni boshqa turdagi sochlar uchun mo’ljallangan shampun bilan yuvish aslo mumkin emas. Yog’li turdagi sochlarni  to’g’ri yuvish katta ahamiyatga ega. O’zida har xil o’simliklar ekstraktini jamlagan: shalfey, qichitqi o’t, dengiz moyi, vitaminlar, mikroelementlar )  yog’li sochlar uchun mo’ljallangan shampunda yuvish kerak. Yuvish uchun yoqimli haroratdagi mayin, iliq suvni tanlang. Qaynoq suvda yog’li sochlarni umuman yuvib bo’lmaydi, aks holda yog’ bezlari faoliyati tezlashib ketadi.

Chayish. Sochlarni chayishda konditsionerdan emas, shifobaxsh o’tlar qaynatmasidan foydalanish kerak. Bular yog’ bezlari faoliyatini sekinlashtirishda ko’mak beradi va sochni mustaxkamlaydi.

—        1 litr iliq suv

—        2 yoki 3 osh qoshiq olma sirkasi

Mahsulotlarni birlashtiring va sochlarni yaxshilab chayqang. Uni soch tomirlariga yaxshilab suring. Ushbu xalqona usul sochlarga sog’lom yorqinlik bag’ishlab, sochlarni oziqlantiradi va ortiqcha yog’lardan halos etadi. 

Yana bir yog’li sochlar uchun xalqona usul – bu greyfrutli yoki limon sharbati bilan  bosh terisi va soch ildizini massaj qilgan holatda chayish. Ushbu jarayondan so’ng sochni suvda chaymasa ham bo’ladi. Bu  chayish usuli orqali siz nafaqat sochni yog’sizlantirasiz balki sochlar yangilanganiga guvoh ham bo’lasiz. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Quruq sochlar parvarishi

Yuvish. Yuvish haqida gap ketganda shuni unutmaslik lozimki, quruq sochlar qaynoq suvni hushlamaydilar. Yuvish jarayonining boshida iliq suvdan foydalanib sovuqroq haroratdagi o’tlar qaynatmasi bilan chayish lozim. Sochlar quruqligiga qarshi kurashishda sizga momaqaymoq, kalendula, qichitqi o’t ko’mak beradi. Sochga shampun surganda uni tayyor holatda emas, bir oz suv bilan aralashtirilgan holatda surish kerak. Shu holatda bosh terisining ishqoriy muvozanatini saqlab qolgan bo’lasiz.

Chayish. Quruq sochlarni chayishda o’simliklar damlamasi bilan chayish lozim. Qayin damlamasi o’zining ta’sir kuchi bilan ajralib turadi: qayin daraxti yaprog’ini qaynoq suvga solib, ustini yopib ikki soatga tindirib qo’yish kerak.  Yana huddi shu usul bilan yong’oq, shalfey, hop gullar yaproqlaridan ham tayyorlash mumkin.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Har bir soch turiga mos keluvchi niqob

Avakado niqobi

—        Pishgan avakado xamiri

—        1 osh qoshiq asal

—        2 choy qoshiq bodom yoki zaytun moyi

Hammasini aralashtirib, sochga surtiladi. Sochda 30-40 daqiqaga qoldiriladi va shampun bilan yuvib tashlanadi.

Smetanadan niqob

—        1 osh qoshiq yog’li Smetana

—        1 osh qoshiq zaytun moyi.

Maxsulotlarni aralashtirib, sochlar ildiziga yuvilguniga qadar surtib qo’yiladi. Bir oz vaqt o’tganidan so’ng shampun bilan yuvib tashlanadi.

Asalli niqob

—        1 osh qoshiq asal

—        1 osh qoshiq bodom moyi

Asalni suv hammomida isitib olinadi, moy qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu niqobni soch yuvilguniga qadar surtib qo’yish kerak.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Muzlatgichingizda kefir yoki mayonez bormi? Ular sochlar parvarishi uchun eng asqotuvchi mahsulotlardir. Ushbu maxsulotlardan birini soch ildiziga surtib, boshga selofan qalpoq kiyib, sochiq bilan o’rab olish lozim.

Yuvganda ham shampun bilan emas, o’simliklar qaynatmasi yoki bir necha tomchi sirka qo’shilgan iliq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Soch uchun qimmat bo’lmagan lekin samaraga ega bo’lgan parvarish vositasini qidiryabsizmi?Dorixonaga choping, u yerdan A, E yoki V vitaminlarini sotib oling. Ajoyib samaraga ega. Uni shampunga qo’shishda 1 ta tabletka  bir marta foydalanish uchun ekanligini hisobga olish zarur. Tabletkani har qanday efir moyiga qo’shib ishlatsa ham bo’ladi.

Tuz nafaqat taom mazasini meyorga keltiradi balki sochlar parvarishiga ham samarali ta’sir etadi. Qanday foydalanish mumkin? Kam hajmda tuzni olasiz ( imkon qadar yodlanganini), nam sochga boshni massaj qilgan holatda surtib chiqasiz. Shundan so’ng qolgan jarayonlar esa oddiy, sochga niqob yoki balzam surtib iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Natija : soch to’kilishi kamayganini va sochlar  yumshoqlashganini seza boshlaysiz.

Dori qutichangizda aspirin tabletkasi bormi? Shampuningizga ikki dona aspirin tabletkasi qo’shib yuborin. Sochlar chigallanish so’zini unuta boshlaydi. Kafolatlangan natijani esa o’zingiz ham payqay boshlaysiz.

Eng arzon turadigan konyakka tuhum sarig’ini qo’shing. Tayyor bo’lgan suyuqlikni soch  ildiziga surtib sellofan qalpoq kiyib oling va sochiq bilan orab oling. 20 daqiqadan so’ng niqobni yuvib tashlang. Ilk foydalanishingizdan so’ng sochlardagi yoqimli o’zgarish va mayinlikni seza boshlaysiz.

Quyidagi usullar soch parvarishi uchun ko’p pul sarflashning hojati yo’q ekanligini isbotlat oladi. Yana bir kerakli maslaxat: ushbu jarayonlar kuchli ta’sirga ega biroq har kuni foydalanishni maslaxat bermaymiz. Ushbu niqoblardan  haftada ikki bora foydalanish yetarli. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

To’kiluvchan sochlar uchun niqob

Ushbu niqobdan haftada bir marotaba muntazam foydalanish orqali sochning quruqligi va to’kilishini oldini olish mumkin.

Agar sizda intensiv soch to’kilishi kuzatilsa ( kun mobaynida 100 tadan ko’p) niqobdan foydasi sezilmaguniga qadar haftada 2-3 marotaba foydalanishingizni maslaxat beramiz.

Sochlar to’kilyabdimi? Demak bu bilan jiddiy shug’ullanish kerak. Agar sizning sochlaringiz kuniga 70-100 tadan to’kila boshlaganini sezsangiz, bunday holatda imkon qadar dermo-trixolog ko’rigiga borishingizni maslaxat beramiz. Soch to’kilishi garmonlar o’zgaruv paytida (homiladorlik, tug’ish, emizish, klimaks) va kuchli stress oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Sizga garmon uchun test topshirib ko’rishingiz ham kerak bo’lib qolishi mumkin.

Niqob

1 ta tuxum sarig’i

1 osh qoshiq asal

1 osh qoshiq zaytun yog’i, yoki soch uchun mo’ljallangan moylardan biri

1 choy qoshiq limon sharbati

1 osh qoshiq kefir yoki yogurt, mayonez ham bo’ladi.

1 osh qoshiq soch uchun mo’ljallangan niqob.

1 dona sarimsoqpiyoz bo’lagi (sarimsoqpiyoz sochlarning to’kilishiga qarshi va yangi sochlarning o’sib chiqishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Uni o’rniga bir osh qoshiq limon sharbatini ham ishlatish mumkin) .

Ogohlantiramiz: xidi xo’l sochda uzoq saqlanib qoladi. 2 – 3 oyga qadar

·      Agar soch yelkagacha bo’lsa niqob tarkibidagi mahsulotlarni ikki barobar kamaytirish kerak ( tuxum sarig’idan tashqari).

Ushbu maxsulotlarning barchasi aralashtirilib sochga surtiladi. Ustidan dush uchun mo’ljallangan qalpoq yoki sellofan paket kiyib olinadi. So’gra sochiq bilan o’rab olinadi.

Ushbu niqobni sochda eng kamida 45 daqiqa ushlang ( imkon qadar ikki soatdan kam bo’lmasin). So’ngra shampun keyin konditsioner bilan yuvib, 300-500 ml iliq suv bilan ( 30 gradusga yaqin haroratda) 1/8 limon suvi bilan chayish kerak. Agar har safar soch yuvishni ushbu jarayonlar  bilan yakunlasangiz sochingiz jilvakor ko’rinishga kelayotganini seza boshlaysiz.

 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!