Rossiyalik kosmonavt orbitada uzoq vaqt qolish bo'yicha jahon rekordini yangiladi

4 fevral kuni rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko kosmosda bo’lgan umumiy vaqt bo’yicha jahon rekordini o’rnatdi va orbitada 878 kundan ortiq bo’lgan vatandoshi Gennadiy Padalkani ortda qoldirdi. Bu haqda Rossiya kosmik korporatsiyasi xabar bermoqda.

 

Kononenko koinotda 1000 kun, ya’ni 5 iyungacha qolishi kutilmoqda va sentyabr oxiriga kelib, u kosmosda 1110 kunini o’tkazadi.