«Ustoz-2021» tanlovida g'olib bo'lgan o'qituvchilar Turkiyaga jo'nab ketdi

Ayni damda «Ustoz-2021» tanlovi g’oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o’rnida: 2021 yilda o’tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo’lib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelishgan edi.

Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan:

  • «Tashabbuskor ustoz» — Zakir Rozimov;
  • «Ta’lim sohasida ko’rsatgan xizmatlari uchun» —Rayxan Tulyakova;
  • «Umid timsoli» — Mehriniso Norova;
  • «Boshlang’ich ta’lim fidokor ustozi» — Dildoraxon Umurzakova;
  • «Matonatli ustoz» — Nilufar Olimova;
  • «Fidoyi ustoz» — Ulug’bek Mamajonov;
  • «Mehridaryo ustoz» — Hilola Norova;
  • «Plyus 1» — Iqboljon Kamolov.