Amerikalik mashhur reper Kanye Uest ismini o'zgartirdi

AQSh sudi taniqli reper Kanye Uestning o’z ismini o’zgartirish borasidagi so’rovini qanoatlantirdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«U ancha yillardan buyon Ye taxallusida ijod qilib keladi… Ammo endi ismining qisqartirilgan versiyasi uning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasiga kiritildi», — deyiladi xabarda.

 

Shunday qilib, to’liq ismi Kanye Omari Uest bo’lgan 44 yoshli reper endilikda 2018 yilda taqdim etilgan albomining nomi kabi shunchaki Yega aylandi.

 

Kanyening o’zi ushbu so’z «Injil»da ko’p takrorlangani va u «sen» deya tarjima qilinishini ta’kidlagan.

 

Sud qo’shiqchining ismini o’zgartirish borasidagi da’vosini qariy ikki oy ko’rib chiqqan. Reper bu kabi xatti-harakatini «shaxsiy sabablarim» deya izohlagan.

 

Avvalroq Netflix Kanye Uest haqidagi hujjatli filmni namoyish etish huquqini 30 million dollarga sotib olgani, film 21 yil davomida yaratilgani to’g’risida xabar berilgandi.