* * *
Er uyqusirab xotiniga dedi:
— Iltimos, televizorni o’chirib qo’y!
— Dadasi, ilojim yo’q. Biz kinoteatrda o’tiribmiz.
* * *
Ayol dugonalariga bolalikdagi suratini ko’rsatyapti. Suratda jajji qizaloq keksa kampirning tizzasida kulimsiragancha o’tirardi. Ayol:
— Xo’sh, sizlarga suratim yoqdimi?
— Juda yoqdi… Aytgancha, bu jajji qizaloq kim edi?
* * *
Vrach bemordan so’radi:
— Sizni operatsiya qilishdimi?
— Ha.
— Xo’sh, qanday bo’ldi?
— Uch yuz ming so’m.
— Men operatsiya qanday o’tganini so’rayapman.
— Faqat yuz ming so’m.
— Yana tushunmadingiz. Nimadan shikoyatingiz bor? Shuni ayting.
— Operatsiya narxi juda qimmat ekan.
* * *
Jinni piyonista tanishiga dedi:
— Bir vrach tanishim bor. O’sha aytdiki, ichkilik umrni ikki barobarga qisqartirarkan.
— Bo’lishi mumkin.
— Sening yoshing nechada?
— O’ttizda.
— Ko’rdingmi, agar ichmaganingda hozir yoshing o’ttizdamas, oltmishda bo’lardi.
* * *
Ikki qariya istirohat bog’idagi o’rindiqlardan birida o’tirardi. Bir mahal yonlaridan o’n sakkiz yashar go’zal qiz o’tib ketdi. Qariyalardan biri og’ir xo’rsinib dedi:
— Eh, hozir o’n sakkiz yoshda bo’lib qolsam bormi…
— Jinnimisan? Qayoqdagi o’n sakkiz yoshni deb yana qirq yil qora terga botib mehnat qilasanmi?
* * *
Keksa juhudning xotini o’lim yoqasida. U eridan so’radi:
— Dadasi, men olamdan o’tsam, boshqasiga uylanasizmi?
— Yo’q, Sara, hech qachon.
— Voy, nega?
— Chunki sendan yaxshisini topa olmayman… Senga o’xshagani esa sirayam kerak emas.
* * *
Shirakayf erkak do’konda bir shisha aroq sotib oldi-da, o’ziga o’zi dedi:
— E, vrachning maoshiga mundoq ko’ngildagidek kayf ham qilib bo’lmaydi.
Sotuvchi:
— Ie, siz vrachmisiz?
— Kallang joyidami? Men emas, xotinim vrach.
* * *
Sutchi erta tongda o’g’lidan so’radi:
— Bugun sutga suv aralashtirdingmi?
— Ha.
— Bu ish yaxshi emasligini bilmasmiding, yaramas?
— Axir, o’zingiz tayinlagansiz-ku!
— Bekorlarni aytibsan! Men senga avval idishga suv quy, ana undan keyin suvga sut aralashtir deganman. Biz xaridorlar oldiga toza vijdon bilan borishimiz kerak, o’g’lim!
* * *
Erkak ot qo’shilgan aravada qishloq o’rtasiga keldi-da, baqira boshladi:
— Odamlar!!! Ko’mir keldi! Kep qoling! Ko’mir olib keldim!
Shunda ot ortga o’girilib, tilga kirdi:
— Yolg’on gapirishga uyalmaysizmi, xo’jayin? Ko’mirni siz emas, men olib keldim-ku!
* * *
Muxbir havaskor ovchidan so’radi:
— Siz qachondan fil ovlay boshlagansiz?
— Aslida kapalak tutishga chiqqandim. Afsuski… Ko’zoynagimni unutib qoldirgan ekanman.
* * *
Ofitserning o’g’li dadasidan so’radi:
— Dada, sizga ishxonangizda nima uchun pul to’lashadi?
— Unvon va lavozim uchun.
— Ish uchun-chi?
— Ish uchun, o’g’lim, hayfsan olaman.
* * *
Dangasa do’stiga dedi:
— Men ilonga aylanib qolishni xohlayman.
— Nega?
— Ishga sudrali-ib borardim.
* * *
Er-xotin janjallashishyapti:
— Xotin, sen nohaqsan!
— Nima? Hali men nohaq bo’ldimmi? Boshqacharoq aytganda, men yolg’on gapiryapman-a? Itman, shundaymi?.. Oyi-i, anavi meni it deb haqorat qildi!!!
* * *
Bolakay ishdan endigina kelgan otasiga dedi:
— Dada, uy ichkarisini paypog’ingizni yechmasdan bir ikki marta aylanib chiqarkansiz!
— Nega?
— Oyim ignani yo’qotib qo’yibdi!
* * *
Dars paytida muallim o’quvchiga dedi:
— Eshmatov, partadoshing uxlab qolganga o’xshaydi. Uyg’otib yubor!
— Ie, nega men uyg’otishim kerak? Uni siz uxlatib qo’ydingiz-ku!