1520 yilda kashfiyotchi Fernand Magellan Yerdagi eng katta okean suvlariga chiqqanda, u yerda uni sokinlik va quyosh kutib oladi. Aynan shuning uchun sayohatchi okeanni Tinch okeani deb atagan.
Ajablanarlisi shundaki, aynan Tinch okeani orqali vulqonlar zanjiri va seysmik faol joylar – Tinch okeanining vulqonli otash halqasi o’tadi. Uning uzunligi qariyb 40 ming kilometrni tashkil qiladi. Sayyoradagi barcha vulqonlarning 75% shu yerda joylashgan va shuning uchun dunyodagi aksariyat zilzilalar va seysmik hodisalar aynan shu hududda sodir bo’ladi.
Endi o’ylab ko’ring, Tinch okeani haqiqatda tinchmi?
Yo’q
Bilmadim