Dunyo tan olgan bastakor Lyudvig van Betxoven kar bo'lmaganligi aniqlandi

Musiqa tarixchisi Teodor Albrext olib borgan tadqiqoti asosida nemis bastakori Lyudvig van Betxovenning 9-simfoniyasini yozganda to’liq kar bo’lmaganligi to’g’risida xulosa qildi.

“Daily Mail” nashrining yozishicha, mutaxassis bu xulosaga 1818 yildan (ommalashgan fikrlarga ko’ra, bastakorning eshitishi 1798 yilda zaiflashgan, 1814 yilda butunlay yo’qolgan) to 1827 yildagi vafotiga qadar bastakorning do’stlari bilan suhbatlari yozilgan 139 daftarni o’rgangandan so’ng kelgan.

Tarixchi Betxovenning so’nggi kunlariga qadar oz bo’lsa-da chap qulog’i eshitganligini tasdiqlovchi kamida 23 ma’lumotni topgan.

Ma’lumot o’rnida, Lyudvig van Betxoven yigirma yoshida (1790 yil) mohir pianinochi sifatida mashhur bo’lib, 31 yoshida birinchi simfoniyasini yozgan.

 

xalq so’zi

loading…