1. Kanalizatsiya lyuklarining qopqoqlari ichiga tushib ketmasin degan maqsadda, aylana shaklida tayyorlanadi.
2. Dunyodagi eng tinch xona. Ushbu tinch xona AQShda joylashgan bo’lib, hech bir odam bu yerda 45 daqiqadan ko’p o’tira olmaydi.
3. Ambidekstrlar – ikkala qo’lida ham barobar darajada yozib, chiza oladigan odamlar shunday ataladi. Ushbu xususiyatga sayyoramizning atigi 1% aholisigina ega bo’lishi mumkin. Shunaqa insonlar jumlasiga Leonardo da Vinchini kiritishimiz mumkin.
4. Yer yuzidagi eng aqlli inson. IQ darajasi-210 teng bo’lgan. Kim Ung-Yong (1963 yilda tug’ilgan) koreyalik daho. U 4 yoshlik vaqtidayoq 4 ta tilni bilgan va matematik analiz bo’yicha topshiriqlarni yecha olgan.
5. AQSh olimlarining statistik ma’lumotlariga qaraganda. Jirafalar tuyaga qaraganda, suv iste’mol qilmasdan ko’p yashaydi va ko’p yura oladi.
6. Dunyoda faqat 18 ta mamlakat Bell Geytsdan boy hisoblanadi.
7. Maktabda o’tilgan darslarning 80℅i hayotda umuman kerak bo’lmas ekan.
8. Ilk kompyuterlarning og’irligi 30 tonna bo’lib, u 18 ming elektron lampadan tashkil topgan.
9. Tailand qiroli Sunandx Kumariratanning xotinlaridan biri 19 yoshida qayiq ag’darilib ketishi oqibatida cho’kib o’lgan. Atrofda odam ko’p bo’lsa-da, unga hech kim yordam bermagan. Chunki qirolning xotiniga qo’l tegizish mumkin bo’lmagan.
10. O’rtacha bulut tahminan 500 tonnaga teng va 80 ta fil xam huddi shuncha vaznga ega bo’ladi.