SUT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Xitoyliklar umuman sut ichmaydi. Ularning organizmi sutni qabul qila olmaskan.

2. Vyetnamda shakar yoki meva aromatizatori qo’shilmagan sutni topish mushkul.

3. Echki suti sigir sutiga nisbatan ancha to’yimli.

4. Hindistonliklar sutga turli shirinliklarni qo’shib ichadi.

5. Qo’y suti tarkibida sigir sutidagiga nisbatan oqsil va yog’ ko’p. Ammo qo’ylar brusellyoz xastaligiga chalingani bois sutini albatta qaynatib ichish tavsiya etiladi.

6. Olimlarning aytishicha, qadimda odamlar sut ichish baxtidan mahrum bo’lgan. Chunki ular organizmida sutni qabul qiluvchi ferment ishlab chiqaradigan irs mavjud bo’lmagan. U keyinchalik mutatsiya natijasida paydo bo’lgan.

7. Yovvoyi qoramol suti oddiy sigir sutiga nisbatan quyuq va to’yimli. Vrachlarning aytishiga ko’ra, yovvoyi qoramol suti nafas yo’llari xastaliklarini davolashda muhim ahamiyat kasb etarkan.

8. Sut asab tizimiga ijobiy ta’sir o’tkazish xususiyatiga ega. Shuning uchun yotishdan oldin bir stakan qaynatilgan sut ichsa, odam tezroq uxlab qolarkan.

9. Qadimiy yunon malikasi Kleopatra tanasini yoshartirish niyatida doimo sutli vanna qabul qilgan.

10. O’rdakburunlar ham sut emizuvchilar sirasiga kiradi. Ammo ularda siyna mavjud emas. Organizmidan ajralib chiqadigan sut yungiga sizib chiqadi. Bolasi o’sha sutni shimib oladi.

11. Yiliga dunyo bo’yicha 700 million tonna sut ishlab chiqariladi.

12. Sut tarkibidagi kazein oqsili ta’sirida oq rangga kiradi.

13. Sigir suti tarkibidagi oqsillar organizmda mavjud zaharni o’ldirish quvvatiga ega. Shuning uchun hanuz organizmga zarar yetkazuvchi fabrika-zavodlarda ishlovchilarga tekin sut tarqatiladi.

14. Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti vakillari barchaga yiliga 330 kilogramm sut mahsuloti iste’mol qilishni maslahat beradi.

15. Lenin turmadalik paytida tarafdorlariga maktubni sut bilan yozgan. Sutda yozilgan xat qurigach, ko’rinmas darajaga yetadi. Uni ko’rish uchun qog’ozni yonib turgan shamga yaqinlashtirish lozim ekan.

16. Qadimgilar sut achib qolmasligi uchun ichiga qurbaqa tashlab qo’yishgan. Qurbaqaning tanasi mikrobga qarshi modda ishlab chiqararkan. Shu moddalar bakteriyalar o’sishini, sut achishini to’xtatgan.

17. Dunyoda eng yog’li sut sifatida kitlar va tyulenlar suti e’tirof etiladi.

18. Sut tarkibida 80 dan ortiq organizm uchun foydali minerallar bor.

Olimjon HAYIT tayyorladi