Anor haqida Qur’oni Karimning 3 ta oyatida ma’lumot keltirilgan. Bular “Ar-Rahmon” surasi 68-oyati, “Al-An’om” surasi 99 va 141-oyatlar.
Tarkibi: vitaminlar: K, S, R, V6, V9, RR; elementlar: kalsiy, magniy, marganes, fosfor, yod, temir, natriy, kaliy.
100 gramm – 70 kkal
Foydalari:
✓ Yallig’lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega.
✓ Saratonda rak xujayralarini xosil bo’lishiga qarshilik qilib, ba’zilarini xatto o’ldiradi. Sut bezi rakida tavsiya qilingan.
✓ Qon bosimini tushiradi. Tajribada, xar kuni 150 ml anor sharbati ichilganda, 2 xafta o’tib qon bosimi pasaygan.
✓ Artrit va bo’g’imlardagi og’riqlarda.
✓ Yurak qon-tomir kasalliklarini oldini oladi.
✓ Xotirani yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligini oldini oladi.
✓ Kamqonlik (anemiya)da
✓ Aterosklerozni oldini oladi. Uni davolashda, xar kuni 30 ml anor sharbati iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
✓ Erkaklarda testosteron gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi.
Tavsiya qilinmaydi:
1. Oshqozon-ichak yara kasalliklari, gastritda.
2. Qabziyatda (ich qotishi)