Yaqinda Venesuela va Amerika olimlari o’zaro hamkorlikda Amazon o’rmonlarida yashovchi ikkita yovvoyi odamlardan iborat qabila hayot tarzini chuqur o’rganishdi. Eslatib o’tamiz, bu qabilalar yashaydigan joylarga quruqlik orqali borib bo’lmaydi. Ular tashqi dunyodan deyarli uzilgan holda umr kechiradi.

Ma’lum bo’ldiki, yanamamo va yekuana deb atalgan bu qabilalar tuzni deyarli iste’mol qilmas ekan. Qolaversa, yanamamo qabilasi tashqi dunyodan butkul uzilgan holda hayot kechiradi. Yekuana qabilasi kichik samolyotlar kelib qo’nadigan aeroportga yaqin joyda yashaydi. Ularning salomatligi, qon bosimi tekshirib ko’rilganda, yanamamo qabilasi a’zolari qon bosimi umuman oshmasligi va dunyoda eng past qon bosimiga egaligi aniqlandi. Yekuana qabilasi aerodromga yaqinligi boismi qon bosim masalasida ba’zi muammolarga ega ekan. Lekin ular ham xavfli xastaliklarga umuman chalinmaydi.

Olimlar kelgusida shu ikki qabila turmush tarzini o’rganish mobaynida orttirilgan tajriba, chiqarilgan xulosalarga tayangan holda gipertoniya, infarkt, insult profilaktikasiga ijobiy yangiliklar kiritishni mo’ljallashmoqda.

Lenta. ru