Har bir o'zini hurmat qiladigan erkak qiz o'g'irlik qilib uylanadigan qabila yoxud faqat xurmo iste'mol qiluvchi Tibbular kimlar?

Sahroi Kabirning qoq markazida Afrikadagi eng qadimgi qabilalardan biri bo’lgan sirli qabila — Tubu (Tibbu) yashaydi. Qiziq tomoni, bu odamlar juda yomon iqlim sharoiti muhitida yashaydi, ammo ko’p yil umr kechiradi.

 

Xo’sh, buning siri nimada?

 

Bunday joyda yashash qiyin, ammo Tubu qabilasining odamlari uzoq vaqtdan beri ekstremal sharoitlarga moslashishgan va hatto 90 kilometrgacha bo’lgan uzoq masofani piyoda bosib o’tishadi.

 

Tubular bolalar o’limi darajasi bo’yicha Afrikadagi eng past ko’rsatkichga ega. Hatto qariyalar ham deyarli sog’ligi joyida, kuchli va sog’lom. Tubiliklarda yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar mavjud emas.

Qabilaning urf-odatlari juda qiziq. Tubu ayollari haqiqiy Amazonlardir. Barcha turmush qurmagan go’zallar qilichga o’xshash maxsus pichoqni — o’tkir antilop shoxi yoki tayoqni olib yurishadi. Har qanday qiz tubu jangovar qurollarning mohir ustasi, chunki har qanday vaqtda ularni qo’shni qabilar erkaklari o’g’irlashi mumkin.

 

Bu yerda yosh ayol qimmatbaho o’lja deb hisoblanadi. Har bir o’zini hurmat qiladigan erkak boshqa qabiladan biror qizni o’g’irlashi kerak va o’g’irlangan qizga uylanishi shart.

 

Biroq, ular nikoh qurmasdan oldin, qizning qarindoshlarini katta sovg’alar bilan tinchlantirishga majbur bo’ladi. Ba’zan o’g’irlangan xotinni «sotib olish» jarayoni bir necha yil davom etadi. Agar 15 yoshida qiz allaqachon unashtirilgan deb hisoblasak, u holda 17-18 yoshida endi turmushga chiqadi.

 

Agar siz qizni o’g’irlay olmasangiz, unda uning zargarlik buyumlaridan birini o’g’irlash kifoya. Shunday qilib, yigit unga yoqishini aniq ko’rsatib beradi. To’y bir hafta davom etadi va xarajatlar katta bo’ladi.

 

To’ydan keyin yoshlar kelinning ota-onasi tomida bir yilga yaqin yashaydilar va qarindoshlar kuyovning xotinini xafa qilmasligiga va yoshlar oilaviy majburiyatlarni bajara olishlariga ishonch hosil qilishadi. Sinov muddati tugagandan so’ng, er-xotin «katta hayotga»ga kirishadi.

 

Oilalarda muloqot uslubi qiziq — er va xotin bir-birlariga orqa tomonlari bilan tik turib gaplashadilar va suhbatni tugatgandan so’ng, ular bir-birlariga qaramasdan, turli yo’nalishlarda tarqaladilar.

Qabilaning erkaklari baland tog’ yaylovlarida chorva boqish bilan, ayollar esa uy ishlari bilan shug’ullanadilar. Ularning vazifalariga kulba yoki chodir qurish, bolalarga qarash va o’rim-yig’im kiradi. Tubaning asosiy ovqatlari xurmo hisoblanadi. Ular bu mevalarni kuniga kamida uch marta iste’mol qiladilar, hatto bu meva vitaminlar va mikroelementlarning haqiqiy manbai ekanligini o’zlari ham anglamaydilar.

 

Olimlar shuni aniqladilarki, inson bir necha yil davomida faqat xurmo va suv iste’mol qilib yashashi mumkin ekan. Ushbu mevalarda sezilarli miqdordagi protein mavjud bo’lib, ular oson hazm qilinadi, immunitetni mustahkamlaydi, turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi va organizmning ham umumiy chidamliligini oshiradi. Ushbu mevani qadimgi davrlarda cho’l noni deb atashlari bejiz emas.

 

Shunday qilib, bu universal mevani kuniga uch marta iste’mol qilib tubaliklar supermenlariga aylanishadi. Bugungi kunda Markaziy Saxarada 350 mingdan ortiq tuba odamlari mavjud. Ularning aksariyati Chadda, kichik qismi Liviya va Nigerda yashaydi.

 

Manba: @etnosuz