Arnold Shvarsenegger agarda o’zga sayyoraliklar Yerga hujum qilsa, ularga qarshilik ko’rsatuvchilar guruhiga rahbarlik qilishga rozi bo’ldi, deb xabar beradi Esquire.
«Menga ishonch bildirgan insonlardan minnatdorman. Xizmat qilishga tayyorman», — deb yozadi aktyor.
Tadqiqotchilar voyaga yetgan 2 ming nafar britaniyalik o’rtasida so’rovnoma o’tkazib, ular orqali Yerni o’zga sayyoraliklardan himoya qilishga qodir top-20 talik mashhurlar ro’yxatini tuzdi. Odamlar «Yirtqich» filmida o’zga sayyoraliklarga qarshi jang qilgan Shvarseneggerga ko’proq ishonch bildirishi ma’lum bo’lgan.
O’zga sayyoraliklarga ekranda qarshi turganlar ro’yxatining ikkinchi pog’onasidan Uill Smit («Mustaqillik kuni», «Qoradagi odamlar», «Eramizdan keyin») o’rin olgan bo’lsa, yettinchi o’rin — Sigurni Uiverga («Begona»ning to’rtta qismi) nasib etdi.
Shuningdek, top-5 ro’yxatda tabiat haqidagi hujjat filmlar muallifi Devid Attenboro, aktyorlar Bryus Uillis va Tom Kruz ham joylashgan. Sakkizinchi o’rinni AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp egallagan bo’lib, AQShning amaldagi prezidenti Joy Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris mos ravishda 20- va 19-o’rinlarda joylashgan.
O’zga sayyoraliklardan Yerni himoya qiluvchi top-20 talik ro’yxat:
- Arnold Shvarsenegger;
- Uill Smit;
- Devid Attenboro;
- Bryus Uillis;
- Tom Kruz;
- Xarrison Ford;
- Sigurni Uiver;
- Donald Tramp;
- Jillian Anderson;
- Nikola Sterjen;
- Kris Pratt;
- Boris Jonson;
- Pirs Morgan;
- Uilyam Shetner;
- Saymon Pegg;
- Tommi Li Jons;
- Devid Duxovni
- Mel Gibson;
- Kamala Xarris;
- Jo Bayden.
TMZ nashrining yozishicha, so’rovnomada ishtirok etganlarning 11 foizi NUJlarni rostan ham ko’rganini ta’kidlagan.