Tabobat

Shishadagi mo”jiza: zaytun moyi va sarimsoqli malham shamollashni bartaraf qiladi!

Комментариев нет

Bilasizmi, nega avvallari yosh bolalarning tomog’i og’riganida, uni momolarimiz artishgan (feldsherlarimiz ham shunday qilishardi)? E’tibor berganmisiz, tomog’i artilgach, shalpayib holsizlanib turgan bola tezda o’ziga kelib, o’ynab ketardi, tez tuzalardi.

Sababi, mahalliy o’choqni viruslardan zararsizlantirish bo’lgan ushbu usulda asosan tilchak ortida to’plangan quyuq balg’amlar (isitma shundan chiqqan, so’ng o’pkaga o’tadi) spirtli bint o’ralgan barmoq ila olib tashlangan! Qarabsizki, bir-ikki martalik muolajadan so’ng bemor otday bo’lgan. Buni o’z vaqtida amalga oshirmasa, shamollash o’pkaga o’tib, pnevmoniyaga aylanadi. Xullas, tomoqdan boshlanuvchi shamollash kasalliklarida bu usul juda samara bergan. Hozirda LOR vrachlar o’sha – tilchak ortidagi balg’amni burunga suyuqlik yuborib, «ku-ku»latish usuli bilan chiqarib olishadi. Bunda ham bola tez yengillashadi. Ninada zararli antibiotik yuborishdan asraladi.

Farzandlarim yoshligida ikkisini ham qo’llashga ko’nglim bo’lmasdi, azoblanishlarini istamasdim, shu bois tibbiyot va tabobat kitoblarining 20-30 tasini o’qidim, grippdan himoyalanish choralari haqida izlandim. Xullas, menga eng foyda bergani va amaliyotda yaxshi natija ko’rsatgan usul jonimizga ora kirgandi. Allohga shukr, avvalo, O’zining sharofati va bu usul bilan dilbandlarim bog’cha, hatto maktabda ham biror marta darslarini qoldirmadi, shamollashga moyil bo’lmadi. Faqat uni o’z vaqtida qo’llasam bo’ldi edi.

Bu zaytun moyi va sarimsoqli malham! Buning uchun bir shisha zaytun yog’i (adashmasam 300 g, magazinda sotiladigan)ga o’rtacha kattalikdagi bir bosh sarimsoqpiyozning po’stini tozalab, qirg’ichdan o’tkazib solib qo’yiladi. Uch kun o’tgach, malham tayyor! Bolada shamollash belgilari – aksirish yo yo’tal boshlanishi bilan kuniga ikki mahal (men asosan kechqurun uyqudan oldin tomizardim) burunga 3-4 tomchidan tomiziladi! Burun orqali borgan suyuqlik o’sha o’choq – tilchak ortidagi viruslarni o’ldiradi, ya’ni tanglayga yopishib turgan quyuq balg’am avvalo zararsizlanadi va yog’ ta’sirida ko’chib, ichaklar orqali tashqariga chiqib ketadi. Qolaversa, shamollashning kuchayishiga yo’l qo’ymay, aksincha, uni yo’q qiladi! (Tomoqni chayish usulida ham aynan o’sha sohaga eritmali suyuqlik yetib bormaydi, shuning uchun chayish muolajasi to’liq foyda bermaydi). Men hatto kuz-bahor mavsumida bolalarimda shamollash belgisi bo’lmasa ham uni qo’llab turardim.

Endi asosiy maqsadga o’tsam, tojdor virus xabari eshitilgandan beri kitob titaman, tabiiy davolash bo’yicha yangilik axtaraman. Qiziqki, 20 kun avval tomoq sohamda dastlab 1-2 kun qurishish, kuchli chanqash, ko’p terlash boshlandi, ammo na yo’tal bor, na aksirish. 3-kunlardan kechga borib nafas yo’limda torayish, qisilishga o’xshash noxushlik paydo bo’ldi, to’g’risi, kallamga nima xayollar kelmadi deysiz?.. Birdan o’sha qadrdon malhamim yodimga tushdi va kechqurun naq yarim shpris moyni burnimdan yubordim, to tomog’imdan o’tmaguncha yuboraverdim. Rosti, qattiq xafa bo’lib uxlagandim, biroq ertalab tursam, tomoq yo’limda noqulayliklar sezilmadi. Biram suyundim, lekin kechga borib yana kechagi bo’g’ilishga o’xshash holat takrorlandi, yana zaytunli sarimsoqni qo’lladim. Xullas, kuniga uch mahal uni takrorlayverdim! Xoh ishoning, xoh ishonmang, 5 kundan keyin menda yuqoridagi noxushliklar barham topdi! Men butkul tuzaldim.

Aslida, menda qanday kasallik o’tdi, bilmayman, balki grippdir, lekin men undan shu shishachadagi mo”jiza orqali shifo topdim! Yozganlarim tibbiyot xodimlari uchun biroz g’alatidir, ammo bu mening kichik tajribam, xolos. U bilan nafas yo’li shamollashlari bilan bog’liq barcha kasalliklarda qo’llash samarali. Qolaversa, oldinda kuz, shamollash avj oladigan fasl. Shu bois tajribamni sizlarga ham ilingim keldi. Ilohim, zaruratga hojat qolmasin, ammo shuni bilamanki, har qanday bemor uchun eng yaxshi va yoqimli davolanish maskani bu uning oila a’zolari jamuljam UYIDIR! Yaxshi e’tibor berilsa, bu maskanda xarj va yomon xayollarsiz ko’p kasalliklardan shifo topish mumkin! Chunki bu uyimizda MEHR dorisi bisyor. Ilohim, hayotda ham, Fayzlibog’da ham hech kimni yo’qotmaylik!

Ishonamanki, ushbu malham koronavirusga ham qarshi kurashishda va oldini olishda eng foydali profilaktik tadbir bo’la oladi!

Nurxon Elmirzayeva

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Yurak xurujining oldini oluvchi mahsulot! Oshxonaga kiring, u yoningizda! (Video)
Baliq – nevroz, insult va jinsiy zaiflikka davo!
Меню