Please log in or register to like posts.
News

🍃🐟#O’zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go’shtini ko’p va xo’b yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to’kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Sho’rvaga solib, buvi-buvalarning oldiga qo’ysangiz, duo olishingiz aniq: baliq yurakni sozlab, qon bosimini me’yorda ushlaydi, qarabsizki, keksalarning xotirasi pand bermaydi, kayfiyati chog’ yuradi.

🍃🐟#Baliqni turmush o’rtog’ingizga “toblama” shaklida yaltiroq qog’ozga o’rab, gaz pechida pishirib berishdan erinmang.

🍃🐟#Qalbida xushnudlik paydo bo’ladi, sog’lig’i tiklanadi. Nega deysizmi, axir unda erkaklar salomatligi uchun nihoyatda zarur omega oqsillari mujassam.

🍃🐟#O’zingiz ham onda-sonda emas, har hafta baliq yesangiz, yuqoridagi xizmat, kattalarga ko’rsatgan himmatingiz uchun umringiz uzoq bo’ladi.

🍃🐟#QANDAY TAYYoRLAGAN MA’QUL?

🍃🐟#Odatda, daryo balig’ini qovurib iste’mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko’rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo’shib qaynatma sho’rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o’rganing. Ammo qovurma baliqqa ko’ngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qo’ygan ma’qul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo’ladi.

🍃🐟#AVVALO, TANLAShNI BILING

🍃🐟#Yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda bo’ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko’ring, ezganda xuddi rezinka singari o’z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, o’tkir hidli, go’shti yashil yoki sarg’ish bo’lsa, yaqinlashmang. Sovutkichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.

🍃🐟#MOYI-ChI?!

🍃🐟#Kuz-qish mavsumida bu darmondorini ovqat payti yoki undan keyin, bir yoshli bolaga 1 choy qoshiqdan, maktab yoshidagi bolalar esa kuniga bir mahal bir osh qoshiqdan qabul qilishi mumkin. Hozirda baliq moyi foydalanishga qulay kapsula ko’rinishida ham ishlab chiqarilmoqda. Shisha idishdagi va kapsuladagi moyning tarkibi bir xil. Baliq moyini to’xtovsiz 4 hafta qabul qilib, keyin orada ikki hafta tanaffus qilinadi. Chunki baliq o’zida shuncha darmondori saqlash barobarida odam sog’lig’i uchun zararli simob kabi moddalarni ham yig’ib borishi mumkin. Shuning uchun baliq yoki uning moyini uzluksiz bir oy yeb, keyin biroz dam olish kerak. Shu tariqa bolalar va keksalarga uni sentyabr oyidan may oyiga qadar berib borishingiz mumkin.

🍃🐟#KIMLARGA MUMKIN EMAS?

🍃🐟#Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori bo’lgan odamlarga, buyragi tez-tez og’riydigan bemorlarga, o’pka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.

🍃🐟#BOShI YoKI KO’ZINI YeYISh MUMKINMI?

🍃🐟#Ko’plar baliq boshini yeyishga ishtiyoqmand bo’ladi. Ba’zilar esa bunga jazm qilolmaydi. Albatta, baliq boshida xuddi tanasi kabi foydali darmondorilar bor. Lekin baliq o’ziga tez gijja to’plab olishini ham inobatga olish kerak. Gijjaning aksariyat qismi aynan boshda to’planadi. Shuning uchun baliq boshini yemoqchi bo’lsangiz, qovurishdan avval, tuzli suvda obdon ivitib, suvda 1 soat qaynatib, keyin qovurish kerakligini yodda tuting. Xuddi shu narsa baliqning ko’ziga tegishli.

🍃🐟#QAY BIRI ENG FOYDALI?

🍃🐟#Bizda asosan daryo balig’i iste’molda bo’lgani uchun – zog’orabaliq (sazan), ilonbaliq, laqqabaliq, olabug’a, cho’rtanbaliq, bakra, paltus, tovonbaliq go’shtini yeyish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, insultdan keyingi davr, qonda xolesterin darajasi ko’tarilganda, kamqonlik, suyak sinishlari, behollik va jismoniy zo’riqishda, nevroz, jinsiy zaiflikda, buqoq, teri kasalliklari (ayniqsa teri quruqlashib, po’st tashlaganda), podagra va revmatizmda, ko’rish qobiliyati pasayganda bu jonzotning go’shti koni foydadir. Dengiz balig’ini esa konserva yoki marinadlangan, tuzlangan yoki dudlangan ko’rinishdagi iste’moli organizmga uncha foyda qilmasligini uqtirmoqchimiz.

«Tabobat Sirlari» guruhidan.

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *