UFC. Islom Maxachev amerikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Toshkent vaqti bilan 27 fevral tongida AQShning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 49 musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida vakillari Islom Maxachev (22-1) va Bobbi Grin (29-13-1) o’rtasida kechdi. Birinchi raunddayoq rossiyalik yakkakurashchi raqibini texnik nokaut evaziga taslim etdi.

Qayd etish kerak, Maxachev bu musobaqada Beneil Dariush bilan jang qilishi kerak edi, biroq Dariush jarohat sabab bellashuvda qatnasha olmaydigan bo’ldi.

 

MMA oqshomining 10 ta jangidan oltitasi muddatidan avval yakunlandi.

Asosiy kard

-Islom Maxachev 1-raunddagi texnik nokaut evaziga Bobbi Grinni yutdi;

-Vellington Turman 2-raundda Mixail Sirkunovni taslim etdi;

-Pritsilla Kachoeyra hakamlar qarori bilan Ji Yeon Kimdan ustun keldi;

-Arman Sarukyan 2-raundda texnik nokaut bilan Xoel Alvaresni yengdi;

-Armen Petrosyan hakamlar qaroriga ko’ra Gregori Rodriges ustidan g’alaba qozondi.

Prelim kard

-Ignasio Baxamondes bo’g’ish usuli bilan 3-raundda Chju Junni yengdi;

-Joziane Nunyes hakamlar qarori bilan Ramona Paskaldan ustun keldi;

-Terrens Makkinni 1-raundda sabmishen orqali Fares Ziamni taslim etdi;

-Jonatan Martines hakamlar qaroriga ko’ra Alexandro Peresni yutdi;

-Ramiz Brahimaj 1-raundda sabmishen bilan Maykl Gillmorni yengdi;

-Karlos Ernandes hakamlar qaroriga ko’ra Viktor Altamiranodan ustun keldi.