4-fevraldan poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida shaxmat bo’yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar, o’smirlar va qizlar o’rtasida mamlakat chempionati bahslari boshlandi.

Shaxmat bo'yicha bolalar, o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi

Dastlab bahslarga 8, 10 va 12 yoshgacha bo’lgan shaxmatchilar kirishdi. Uchta yosh toifasidagi jami ishtirokchilarning soni 231 nafarni tashkil etdi. Eng ko’p ishtirokchilar 8 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida jamlanganini inobatga olsak, bu mamlakatimiz yoshlari orasida shaxmatga bo’lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan darak beradi. Eng kichik yosh toifasida ishtirokchilar orasida o’g’il bolalar 44 nafarni, qizlar esa 45 nafarni tashkil etgan.

Shaxmat bo'yicha bolalar, o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi

Musobaqa pandemik vaziyat inobatga olingan holda tashkil etilgan, ya’ni ishtirokchilar o’yin zaliga tibbiy himoya niqobisiz kiritilmaydi va o’yinlar oldidan har bir ishtirokchining harorati o’lchab ko’riladi.

Musobaqa yakunlariga ko’ra, o’smirlar o’rtasida O’zbekiston terma jamoasi shakllantiriladi va g’oliblar terma jamoa tarkibidan joy oladi.