Moskvada o’zbek va qirg’izlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo’ldi. Bu haqda OAVda xabarlar tarqaldi.

Mushtlashuv Ivan Yarigin arenasida WEF turniri doirasida sodir bo’lgan. Ushbu ommaviy janjal o’zbek jangchisi Namoz Samiyev tomonidan nigohlar duelidagi harakati sabab yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, janjalda 50ga yaqin yigitlar ishtirok etgan. Mehmonlardan biri ushbu mojaroni to’xtatishga muvaffaq bo’lgan. Erkak o’zbek va qirg’iz qardosh xalqligini, bir-biri urushish yaxshi emasligini ta’kidlagan. Hozirda Moskva politsiyasi hodisa bilan qiziqmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.