FIFA kunlari munosabati bilan Argentina milliy jamoasi Estoniyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi.

O’yinda Messining beshta goli argentinaliklarga yirik hisobda g’alaba keltirdi. Bu Leoning terma jamoadagi ilk penta-triki, faoliyatida esa ikkinchisi bo’ldi.

Argentina – Estoniya 5:0
Gollar: 1:0 – 8, penalti Messi, 2:0 – 45 Messi, 3:0 – 47 Messi, 4:0 – 71 Messi, 5:0 – 76 Messi.

Argentina – Armani, Molina (Montyel, 74), Pesselya, Martines (Senesi, 62), Akunya (Gonsales, 73), Gomes, de Paul (Palasios, 62), Mak Allister (Foyt, 66), Korrea (Dibala, 62), Messi, Alvares.

Estoniya – Igonen, Teniste, Mets, Pyurg (Kuusk, 63), Paskochiy, Pikk (Kallaste, 69), Kyayt (Sinyavskiy, 63), Miller (Vasilyev, 63), Soomets, Zenev (Anyer, 46), Sorga.