Mana Shomurodovning qutqaruv goli (video)

O’zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya chempionati doirasidagi o’yinda raqib darvozasini ishg’ol qildi. Futbolchi Venetsiyaga qarshi o’yinda gol urdi.

Shomurodov o’z goli bilan «Roma»ni mag’lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu o’yinda Joze Mourinyu uzoq vaqtdan beri birinchi marta Shomurodovga odatdagidan ko’proq daqiqa o’ynash imkoniyatini berdi.

Shu tariqa, Eldor joriy mavsum Italiya chempionatida “Roma” safida 7 ta samarali harakat qildi – 3 ta gol va 4 ta golli uzatma. Eslatib o’tamiz, avvalroq futbolchi «Roma»ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.