Bokschi qizlar o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochishdi (video)

O’zbekistonlik bokschi qizlar mamlakat boks tarixida yangi sahifa ochishdi

Turkiyada o’tkazilayotgan boks bo’yicha ayollar o’rtasidagi Jahon chempionatida Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva kamida bronza medalini naqd qilishdi.

-50 kg vazn toifasida O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yoqubova kattalar miqyosidagi dunyo birinchiligida shohsupaga ko’tariladigan ilk bokschi qiz sifatida tarixda qoladi.

Yoqubova chorak final bahsida italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag’lubiyata uchratib, yarim finalga yo’l oldi.

Mohira Abdullayeva (+81 kg) esa chorak final jangini muvaffaqiyatli o’tkazib, kongolik raqibasidan ustun keldi.

Shu tariqa, ushbu Jahon chempionatida yarim final yo’llanmasiga ega chiqqan o’zbekistonlik bokschilar soni 2 nafarga yetgan.