Bu qiziq

Yulduz Usmonova 57 yoshini yaqinlari va do’stlari davrasida nishonladi (foto)

Комментариев нет

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Yulduz Usmonova 12 dekabr kuni 57 yoshni qarshi oldi. Xonanda tug’ilgan kunini nishonlashni 11 dekabr kuni kechasi Hilton mehmonxonasidan boshladi. Tug’ilgan kun sohibasi yangi «Yurak» qo’shig’iga oila a’zolari va do’stlari ishtirokida animatsion klipni taqdim etdi.

12 dekabr kuni xonandaning tug’ilgan kuni tor doirada davom etdi. Tantanada Yulduz Usmonovaning turmush o’rtog’i, qizi Nilufar Usmonova va sanoqli shou-biznes vakillari ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning turmush o’rtog’i Mansur Agaliyev bilan Imronning «Yomon qiz» qo’shig’iga raqsga tushayotgani aks etgan video tarqaldi.

Yulduz Usmonova 57 yoshini yaqinlari va do'stlari davrasida nishonladi (foto)

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963 yil 12 dekabr kuni Marg’ilon shahrida tug’ilgan. Uning repertuaridan rus, tojik, turk, uyg’ur, qozoq, tatar hamda boshqa tillarda kuylangan 600 dan ortiq qo’shiq joy olgan. Yulduz Usmonovaning disklari O’zbekistonda tashqariGermaniya, AQSh, Gollandiya va Angliyada ham sotuvga chiqarilgan.

Yulduz Usmonova 57 yoshini yaqinlari va do'stlari davrasida nishonladi (foto)

Yulduz Usmonovaning tug’ilgan kuni har yili katta dabdaba bilan nishonlanadi. Xususan, o’tgan yili xonandaning tug’ilgan kuniga turmush o’rtog’i BMW X7 avtomobilini sovg’a qilgan edi.

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Fransiya fuqarosi lotereyada rekord daraja pul yutib oldi
Kecha Xot dog edi, bugun lavash(foto)
Меню