YouTube ham Rossiyani tark etadimi?

YouTube Ukrainadagi urush sababli Rossiyani tark etish niyatida emas, deydi videoxosting bosh direktori Syuzan Vodjiskiy.

«Biz bu mojaroda ma’lumotlar haqiqatan ham muhim rol o’ynashini ko’rmoqdamiz. Aynan shuning uchun ham biz Rossiyada ishlashda davom etyapmiz. Biz Rossiyaga yangiliklarni yetkazish muhim deb hisoblaymiz», deydi u.