Bu qiziq

YouTube Baydenning saylovdagi g’alabasiga e’tiroz bildiruvchi videolarni o’chirishga qaror qildi

Комментариев нет

«Biz odamlarni 2020 yilgi prezident saylovlari natijasini o’zgartirgan firibgarliklar yoki xatoliklar haqida aytib, odamlarni chalg’itishi mumkin bo’lgan har qanday yuklanuvchi kontentni o’chirishni boshlaymiz», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, kompaniya «etarlicha sondagi shtatlar» Baydenning g’alabasini tasdiqlagan holda ovoz berish yakunlarini ma’lum qilganini qayd etdi.

«Masalan, biz prezidentlikka nomzod dasturiy ta’minotdagi keng tarqalgan nosozliklar yoki ovozlarni hisoblash paytidagi xatoliklar tufayli saylovda g’olib bo’lgani iddao qilinadigan videoroliklarni o’chiramiz», — deya aniqlik kiritdi YouTube’dagilar.

Donald Tramp 3 noyabr kuni bo’lib o’tgan saylovlarda mag’lub bo’lganini tan olmay, saylov natijalari qalbakilashtirilganini da’vo qilmoqda. U ba’zi muhim shtatlarda ovoz berish yakunlari qayta ko’rib chiqilishini talab qilib, buning uchun 9 million dollar ham sarfladi. Ammo byulletenlarning qayta sanab chiqilishi Baydenning g’alabasini ko’rsatdi. Sudlar ham amaldagi prezident jamoasining ovoz berish va byulletenlarni hisoblash jarayonidagi qonun buzilishlari haqidagi da’volarini rad etdi.

Dekabr boshida Tramp saylovlar halol bo’lgan taqdirdagina mag’lubiyatini tan olishini bildirgandi. «Men saylovda mag’lub bo’lishga qarshi emas, balki u adolatli bo’lishini xohlayman. Istamaydigan narsam shuki, saylovlar Amerika xalqidan o’g’irlab olinmasin», — dedi Tramp.

Keyinroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2024 yilda davlat rahbari lavozimiga o’z nomzodini qo’yishi mumkinligini bildirdi.

Oq uy esa Donald Tramp prezident saylovlarida g’olib chiqqan demokrat Jo Baydenga hokimiyatni tinch yo’l bilan topshirishini ishonch bilan bildirdi.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Quyoshdan ajralgan plazma buluti Yerni qopladi
Oq uy Trampdan keyin yaxshilab dezinfeksiya qilinadi
Меню