Bu qiziq

“Yigirma yil oldin bu uyning qurilishida mening onam g’isht tashigan. Endi esa bu uyni…”

Комментариев нет

Bir bola olti yoshida otasidan ayrilib yetim qoldi.

Zamon juda og’ir edi. Onasi o’g’lini boqish uchun ish qidirdi, lekin hech qaerga ishga olishmadi. Ayolni faqat qurilishga arzimagan ish haqi to’lab ishga olishga rozi bo’lishdi. Ayol nochorligidan qurilishda ishlab o’g’lini boqdi.

Oradan yillar o’tdi. Bola ulg’ayib, biznesmen bo’ldi. Shaharda dang’illama shohona uy sotuvga qo’yildi. Biznesmen uyning egasining oldiga kelib so’radi:

– Uyning narxi qancha?

– Sakkiz yuz ellik ming dollar.

Yigit diplomatidan darhol sakkiz yuz ellik ming dollarni uyning egasiga chiqarib berdi.

Uyning egasi xursand bo’lib pulni sanab oldi.

– Uy sizga sotildi. Bugundan boshlab uy sizniki. Lekin siz savdo qilishni bilmas ekansiz. Agar ozgina savdo qilganingizda, uyning narxini tushirib berardim.

– Siz ham savdo qilishni bilmas ekansiz. Agar uyning narxini bundan baland aytganingizda ham savdo qilmasdan sotib olaverardim.

Uyning egasi hayron bo’lib so’radi:

– Bu uyning nimasi sizni buncha o’ziga tortyapti?

– Yigirma yil oldin bu uyning qurilishida mening onam g’isht tashigan. Endi esa bu uyni onamga sovg’a qilmoqchiman!!!

Niginabonu Ahmedova

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Ilk ish joyi haqida eslashni hushlamaydigan mashhurlar (+foto)
“Daraxtni tepsa, qiz yog’iladimi?..” Osmonga qarab, yaxshi qiz tushishini kutayotgan yigit (foto)
Меню