Hindistonda to’rt oyoqli jo’ja tugildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Jo’jada qo’shimcha bir juft panja paydo bo’lishiga sabab polimeliya kasalligi. Bu kasallik odatda ishlamaydigan qo’shimcha qo’l-oyoqlar rivojlanishiga olib keluvchi irsiy kasallikdir.

Jo’ja taxminan 2 oy oldin dunyoga kelgan, endilikda u oddiy parranda kabi o’sib rivojlanmoqda.

Madxya-Pradesh shtatidagi Rojxada qishlog’ida yashovchi jo’janing xo’jayini Javed Alining aytishicha, g’aroyib parrandani tomosha qilish uchun uning uyiga har kuni mehmonlar keladi. Ba’zilar jo’ja uchun hatto besh ming rupiya (77 dollar) taklif qilgan. Ammo jo’janing egasi uni pullamoqchi emas.