Yaponiyaning «Daiwa Motor Transportation» taksi operatori 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Tokiodan «SleepingTaxi» nomli noodatiy reklama kampaniyasini o’tkazib, uning doirasida barcha xohlovchilarga maxsus jihozlangan avtomobilda bir necha soat uxlab olishni tavsiya qildi. Mazkur xizmat bepul bo’lganligi sabab ko’plab mahalliy aholi undan foydalanishga qaror qilgan, deb xabar berdi «Daryo.uz» «Motor»ga asoslanib.

«SleepingTaxi» aksiyasida gibrid dvigatel o’rnatilgan besh eshikli «Toyota JPN Taxi» seriyali xetchbeki ishtirok etgan. Shuningdek, avtomobillarni elektr uzatmali suriladigan orqa eshigi va orqa yo’lovchilar uchun kengaytirilgan makoni orqali osongina tanib olish mumkin.

Yaponiyada bir necha soat uxlab olish mumkin bo'lgan taksilar paydo bo'ldiAtaylab reklama kampaniyasi uchun mashinalarda dam olishga ideal sharoit yaratilgan. U yerda yumshoq yostiq, bir martalik ko’z niqoblari, shuningdek, tinchlantiruvchi ichimliklar va smartfonlar uchun quvvatlantirgichlar qo’yilgan ko’chma stol mavjud. Mutaxassislar yon oynalarga yashil yaproqlar tasvirini tushirgan. Bundan tashqari, old o’rindiqning bosh qo’ygichiga o’rnatilgan ekran tinchlantiruvchi musiqa va videoroliklarni namoyish etib turgan.

Yaponiyada bir necha soat uxlab olish mumkin bo'lgan taksilar paydo bo'ldi Yaponiyada bir necha soat uxlab olish mumkin bo'lgan taksilar paydo bo'ldiAksiyada aniq qancha inson ishtirok etgani noma’lum. «Relaks-taksi»da mizg’ib olish bepul bo’lgani inobatga olinadigan bo’lsa, reklama kampaniyasi, shubhasiz, mashhurlikka erishgan.