Yangi yilning birinchi sutkasida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2026 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:
- 894 nafari qiz;
- 921 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p chaqaloq Surxondaryo viloyatida (243 nafar) tug‘ilgan.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:
- Farg‘ona viloyati – 216 nafar;
- Namangan viloyati – 194 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 191 nafar;
- Samarqand viloyati – 191 nafar;
- Andijon viloyati – 157 nafar;
- Toshkent shahri – 143 nafar;
- Toshkent viloyati – 129 nafar;
- Buxoro viloyati – 85 nafar;
- Jizzax viloyati – 76 nafar;
- Xorazm viloyati – 65 nafar;
- Navoiy viloyati – 55 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 41 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 29 nafar.
Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, ya’ni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar, 2025 yilda esa 1641 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.


