Bu qiziq

Yangi tadqiqot: Cho’chqalar ham xuddi bizdek video o’ynay olishadi

Комментариев нет

Cho’chqalar ham xuddi bizdek video o’ynay olishadi. Olimlarning bu kabi to’xtamga kelishlari uchun bor-yo’g’i to’rtta cho’chqada sinov o’tkazish kifoya qildi. Hamlet, Omlett, Iboni va Ayvori ularni qanday qilib hayratga soldi?
To’rt cho’chqaga ekrandagi kursorni devorlar tomonga siljitish uchun arkada uslubidagi joystikni ishlatishni o’rgatishdi.
Tadqiqotchilar aytishicha, cho’chqalarning o’yin va joystik o’rtasida aloqadorlik borligini tushunishi «kichkina qobiliyat emas».
Mukofot tarzida ovqat beradigan avtomat sinib qolganda ham cho’chqalar o’yinni davom ettirgan.

Cho’chqalarga agar yaxshi o’ynasa, ovqat berilar edi.
Ammo sinov vaqtida o’sha ovqat uzatadigan qurilma sinib qoldi.
Ammo tadqiqotchilar shirin so’z bilan ularni o’yinni davom ettirishga undagach, ular yana o’ynay boshladi.
«Bu kabi tadqiqotlarning ahamiyati shundaki, istalgan tirik jon bilan bo’lgani kabi cho’chqalarga qanday munosabatda bo’lish ularga ta’sir qiladi va bu ular uchun bu muhim», deydi yetakchi muallif doktor Kendis Kroni.

Yangi tadqiqot: Cho'chqalar ham xuddi bizdek video o'ynay olishadi

Surat manbasi, CANDACE CRONEY

Iboni joystikni bemalol ishlata olayapti

Tadqiqot guruhining fikricha, qo’lsiz, barmoqlarsiz aqlli hayvon bo’lmish cho’chqalarning umuman video o’yin o’ynay olishi – juda «ajoyib».
Ammo bu ular uchun oson emas.
Ikki Yorkshir cho’chqasidan biri Hamlet o’yinda Omlettga nisbatan yaxshiroq natija ko’rsatgan, ammo har ikkisi o’yin murakkablashganda – bitta nishonni ikki barobar qisqa fursatda urishga qiynalgan.
Panepinto cho’chqachasi o’yinda mohirroq bo’lib chiqdi – Ayvori belgilangan vaqtning 76 foizida nishonni urgan bo’lsa, Iboni buni vaqtning uchdan bir qismida uddalagan.

Yangi tadqiqot: Cho'chqalar ham xuddi bizdek video o'ynay olishadi

Surat manbasi, FRONTIERS IN PSCHOLOGY

Tajribaga kirishishdan avval cho’chqalar ishlamaydigani yordamida joystikni qanday qo’llashga o’rgatilgan

Ammo tadqiqotchilar cho’chqalarning urinishlari shunchaki tasodifiy emas, balki maqsadli va mo’ljalli bo’lgani, boshqacha aytganda, «tasodifdan yuqori» bo’lganiga ishonmoqda.
Bu shuni anglatadiki, «ularning bari joystik va kursor o’rtasida bog’liqlik borligini qaysidir darajada bilgan».
Vustershirdagi Uillou fermasidan Keyt Denielsning Bi-bi-si Radio 4 Today – «Bugun» dasturiga aytishicha, bu garchi olimlar uchun ta’sirli tuyulayotgan bo’lsa ham, «cho’chqa boqadiganlarga u qadar hayratlanarli tuyulmaydi.»
«Ular Maynkraft o’ynamayapti. Ammo ularning biror yemish olish uchun vaziyatdan foydalanishi noodatiy hol emas», deb qo’shimcha qiladi u.

U ko’pincha Uinston Cherchillga nisbat beriladigan iqtibosni keltiradi: «Itlar sizga pastdan qaraydi, mushuklar tepadan pastga, cho’chqalar esa to’g’ri ko’zingizga qaraydi.»
«Agar siz cho’chqaning ko’ziga qarasangiz, u yerda aql nishonasini ko’rasiz», deydi u.
Ammo cho’chqalar o’yin borasida baribir odamga tenglasha olmaydi, hatto aqlsizroq primatlardan ham ortda qoladi.
Ayni shu turdagi tajriba qo’llarida barmog’i borligi bilan ustunlikka ega shimpanze va boshqa maymunlar bilan ham o’tkazilgan va ular tadqiqotchilarning ancha murakkab vazifalarini ham bajara olgan.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Bolalikdagi eng zo’r joy qaerligini bilasizmi?
Ajabo! Shift va devorsiz mehmonxonalar haqida eshitganmisiz?
Меню