Please log in or register to like posts.
News

Biz xotirjam turgan yoki o’tirgan holimizda yer o’z o’qi atrofida aylanishi hisobiga (ekvatorda) 1600 km/s tezlikda harakatlanamiz. Yana quyosh atrofida bir yilda to’liq bir marta aylanib chiqishi hisobiga 942 million kilometr yo’l bosib chiqadi va bu 107000 km/s teng bo’ladi. O’z navbatida Quyosh sistemasi galaktikamiz bo’ylab o’ziga bog’langan planetalar bilan birgalikda boshqa yulduz(quyosh)lar sistemasiga nisbatan 72420 km/s tezlikda harakatlanadi.

Galaktikamiz ham o’z markaz(o’q)i atrofida 200-250 million yilda bir marta aylanib chiqadi. Bu esa Quyosh sistemasining 885000 km/s tezlikda harakatlanishiga sabab bo’ladi.

Bu hali hammasi emas. Somon yo’li ham boshqa galaktikalarga nisbatan harakatlanadi va bu harakat tezligi 405500 km/s.ga teng…

Bu hisoblarni davom ettirib, bizning galaktikamiz koinotda 3,6 million kilometr/soat tezlikda harakatlanayotganini hisoblab chiqarish mumkin.

Shunday qilib, qancha «tashqari»ga chiqsak, tezlikni aniqlash shuncha qiyinlashib boradi, chunki boshqa planetalar, yulduzlar, galaktikalar ham doimo harakatlanadi.

Yuqoridagi hisoblanganlarni jamlasak, tahminan, 4 million 600 ming kilometr/soat, yoki 1280 kilometr/sekund tezlik kelib chiqadi. Bu raqam bizga fantastik ko’rinadi va biz bu tezlikni sezmaymiz, chunki, biz o’zimiz shu «yuqori tezlik mashinasi»ning bir qismimiz.

وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

36. 40… Har biri falakda suzib yurar.

Koinot jismlarining bu harakati bundan 1400 yil oldin Qur’oni karimda ham aytib o’tilgan.

Avazxon Zokirov

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *