Bu qiziq

Xalqaro fazo stansiyasi kuzatuv kamerasi orbitada o’zga sayyoraliklar kemasini suratga oldi… (VIDEO)

Комментариев нет

Meksikalik mashhur ufolog Pedro Ramires yaqinda Xalqaro fazo stansiyasi kuzatuv kamerasi suratga olgan so’nggi lavhalarni nazoratdan o’tkazish jarayonida yana bir shov-shuvga sababchi bo’la oluvchi manzarani ko’rib hayratdan yoqa ushladi. Lavhada fazo stansiyasi yonidan uchib o’tayotgan disksimon ob’yekt tasvirlangandi. Uning aytishicha, Xalqaro fazo stansiyasi yonidan tez-tez shunday disksimon uskunalar uchib o’tadi. Ammo har gal ularni qandaydir qiruvchi samolyotlar paydo bo’lib nari haydardi. Bu galgisini negadir samolyotlar nazardan qochirishdimi, o’zga sayyoraliklarga tegishli bu kema erkin tarzda stansiya yonidan uchib o’tgan.

— Men so’nggi yillarda to’plagan tajribamdan shu narsani aniq sezdimki, — dedi ufolog. — O’zga sayyoraliklar bilan yerliklar uchrashuvi yerda emas, balki orbitada bo’lib o’tadi. Xalqaro fazo stansiyasi uchrashuv uchun juda qulay joy hisoblanadi. Faqat qiruvchi samolyotlar o’zga sayyoraliklarni ta’qib etishdan, haydab solishdan voz kechsagina bu uchrashuvdan umid qilsa bo’ladi. Ularning ta’qibi o’zga sayyoraliklarga yoqib tushmayotganini ham kuzatib aniqladim. To’g’ri, ular yer bizga tegishli ekanini juda yaxshi bilishadi. Lekin ta’qiblar, haydab solishlar yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Sabr kosasi to’lgan kuni o’zga sayyoraliklar agressiyaga xuddi shunday agressiya bilan javob qaytarishlari ham hech gap emas. Afsuski, Amerikaga tegishli maxfiy qiruvchi samolyotlar uchuvchilari bu holatni his eta bilishmayapti.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Saraton keltirib chiqaruvchi eng xavfli mahsulot!
Mushuk Lagerfeldning merosxo’riga aylandi!
Меню