Asli kelib chiqishi senegallik bo’lgan TikTok-bloger Xabi Leym dunyodagi eng mashhur tiktokerga aylandi. Bunga obunachilarning onlayn hisoblagichiga tayanib, «Pravilamag» xabar berdi.

Amerikalik Charli Damelio 2019 yildan buyon o’z raqslari bilan etakchilikni qo’ldan boy bermay kelayotgandi. Biroq layfxaklarni barbod qiluvchi 22 yoshli Leym undan o’zib ketishga muvaffaq bo’ldi: uning obunachilari soni 142,6 millionga yetgan, Damelioning obunachilari soni undan 330 mingga kam.

Leym TikTok’ka videolarni 2020 yildan, pandemiya sabab Turindagi fabrikada stanok operatorligi bo’yicha ishsiz qolgach va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganidan so’ng boshlagan. Bloger tezda mashhurlikka erishib, uning muxlislari #KhabyToNumberOne xeshtegi yordamida Xabiga platformada yetakchilikni egallashida yordam bergan.

Eslatib o’tamiz, 2020 yilda o’zbekistonlik Rahim Abramov Rossiyaning eng serdaromad tiktokeri deb topilgandi — u bir yilda 10 mln rubl ishlab topgan.