Nilanshi olti yoshligida sartarosh uning sochini noto’g’ri qirqib qo’ygani sabab shundan buyon sochini kestirmagan. Bundan tashqari, u o’zining sochini omad tumori deb hisoblagan.

Qiz o’smirligida uch marotaba dunyodagi eng uzun soch sohibasi sifatida rekord o’rnatgan.

Uzun sochlari bilan rekord o'rnatgan hindistonlik qiz sochlarini qirqtirib tashladi (video)

«Sochlarim menga ko’p narsa berdi. Sochlarim sabab ‘haqiqiy Rapunsel’ kabi mashhurman. Endi esa o’zgarish vaqti keldi, buning ustiga ularni parvarish qilish juda qiyin», — deydi qiz.

Patel uzoq vaqt sochini nima qilishni o’ylagan. U sochlarini auksionga qo’yishni, xayriya qilish yoki muzey eksponatiga aylantirishni istagan. Biroq onasining «bu kabi sochlar insonlarni ilhomlantirishi kerak» degan maslahatiga ko’ra, ularni Ginnesning rekordlar kitobidagi eksponatlar namoyish etiladigan Ripley’s Believe it or Not! ko’rgazmasiga jo’natishga qaror qilgan.

Sochi qirqilganidan so’ng qiz o’zining yangi qiyofasidan juda xursand bo’lgan. Qizning qirqilgan sochlari og’irligi 266 grammni tashkil etgan.