Bu qiziq

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «XADIChA. SULAYMONNING BAXTSIZGINA SINGLISI…»

 

Usmoniylarning o’ninchi sultoni Sulaymon Qonuniy singillari orasida Xadicha sultonni juda qadrlardi. Afsuski, Xadicha shu qadar hashamatli hayotga ega bo’la turib ham hayotda baxt topa olmadi. Birinchi eri Iskandar poshsha keksayib qolgandi. Unga usmoniylar an’anasiga ko’ra ona talabi bilan turmushga chiqqandi. To’ydan keyin bir yil o’tib o’lib berdi. Xadicha bevaga aylangan holda to Sulaymon taxtni egallagunga qadar Manisada onasi bilan birga yashab qoldi. Sulaymon imperiya taxtiga o’tirgach, u akasining bolalikdagi do’sti, Gretsiyadan go’dakligida qul qilib saroyga keltirilgan, endi esa sultonning o’ng qo’liga aylangan Ibrohim poshshaga ko’ngil qo’ydi. Ular turmush qurishdi. To’y juda hashamatli kechdi. Sulton Sulaymon suyukli singlisining baxti uchun pulni ayab o’tirmadi. To’y yarim oy davom etdi. Sovg’a sifatida ikki yosh podshohdan ajoyib saroyni qabul qilib olishdi. Sulton Sulaymon esa bu nikohga faqat ularning muhabbati tufayli rozilik bermagandi. U Ibrohimni xuddi tug’ishgan inisidek yaxshi ko’rardi. Xadichaga uylantirish orqali Ibrohimning saroydagi, imperiyadagi obro’sini yanada mustahkamlashni niyat qilgandi. Qolaversa, usmoniylar imperiyasi vakilasiga uylangan erkak Islomda ruxsat berilganidek, ikkinchi, uchinchi va hokazo xotinga ega bo’la olmasdi. Basharti xotini xiyonatidan xabar topsa, bu erkak kim bo’lishidan qat’i nazar it kunini boshiga solishardi. Mana, Ibrohim Xadichaga xiyonat qildi. Haramdagi Nigor kalfa bilan don olishib yurdi. Hatto, farzandli ham bo’lishdi. Xo’sh, oxiri nima bilan tugadi? Sulton bu aybiga qo’shimcha ayblarni qo’shib, qatl ettirdi. Ibrohim-ku, o’ldi-ketdi. Xadicha-chi? Sulaymonning baxtsizgina singlisi yana bebaxt qoldi va javobsiz muhabbatining qurboniga aylandi. Avvaliga aqldan ozdi. Shu ahvolda zahar ichib yorug’ dunyoni tark etdi. Dahshatlisi, zolim va qasoskor akasi Sulaymonning qo’lida jon berdi.

Qissadan hissa shuki, Xadichadek qo’lini qaerga uzatsa yetadigan, boylik dengizida suzib ulg’aygan ayolga ham Olloh shunday achchiq qismatni ravo ko’ribdi. Demakki, boylik va shon-shuhrat Ollohning qudratidan ustun bo’la olmasligi Xadicha misolida yana bir karra o’z isbotini topdi.

Astag’firillo!!!

Olimjon HAYIT tayyorladi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Buni o`qib ko`ring

Close
Back to top button
Close