​​Turkiyalik mashhur oshpaz, Go’sht qiroli Nusrat Gökce haqida

 

• Nusret Gökce 1983-yil

9-avgustda Turkiyada tug’ilgan.

 

• Dunyoning 10 dan ortiq megapolis shaharlarida o’z filiallariga ega, Nusret Steak House mashhur restoranlar tarmog’i asoschisi va bosh oshpazi.

 

• Hozirda Nusret’ning Instagramdagi obunachilari soni 10 million kishidan oshiq, uning restoranlarining asosiy mashhurligi tuzni steaklariga noodatiy usulda sepishi va bu jarayon olingan videolari Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida kuchli piar bo’lishidir.

 

• Oilasini moddiy ahvoli yomon bo’lganligi sababli Gökce 6-sinfligida Istanbul shahridagi qassoblarning biriga shogird bo’lib tushadi.

 

• Nusret o’z karyerasini 2007-2010-yilarda Nyu Yorkda boshlaydi va boshqa bir qancha mashhur megapolislardagi restoran va steak houslarda tajriba oshirib, 2010-yilda Turkiyaga qaytadi va shu yili Nusret ilk restoranini Turkiyada ochdi va 2014-yilga kelib 2-restoranini Dubay shahrida ochadi.

 

• Nusretning asosiy mijozlari o’z shaxsiy brendi hisoblanmish Instagrami sahifasidagi mashhur videolarni ko’rish orqali tashrif buyurishadi, dunyoning mashhur sportchilari, siyosatchilari, aktyor va prezidentlari Nusret restoranlarida mehmon bo’lishgan. Bu esa uning shaxsiy brendi Steak House’ga katta mashhurlik olib kelgan.