Ijtimoiy tarmoqda avtomobil yo’lining o’rtasida yigit kiyimini yechib, ustidan suv qo’ygani aks etgan videolavha tarqaldi.

 

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktablardan birining o’quvchilari 17 yoshli T.S. va O.M.lar Buyuk Ipak yo’li ko’chasidagi avtomobil yo’lida hazil uchun video olishgan.

 

Videoda T.S. o’zining ustiga bir chelak suvni quygan.

 

Ularning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) mazmun va mohiyati tushuntirildi.

 

Yuqorida moddalar asosida tegishli hujjatlar to’planib, Mirzo Ulug’bek tumani voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha idoralararo komissiyasiga qonuniy chora ko’rilishi uchun yo’naltirildi.