AQShda Erdog’anning asosiy raqibi – voiz Gulen bilan sodir bo’layotgan voqealar:

Turkiya davlat matbuoti uchinchi kundirki, Fathulloh Gulenning zaharlanishi haqidagi taxmin tafsilotlarini muhokama qilmoqda. «Hizmet» harakati yetakchisi va prezident Rajab Erdo’g’anning eng kuchli siyosiy raqibi Pensilvaniyadagi villasida zaharlangan bo’lishi mumkin. Gulenning o’limidan xabar topgach, uning eng yaqin sherigi Jevdet Turko’g’li o’z joniga qasd qilgan, deb xabar bermoqda Takvim nashri. Turko’g’li ko’chmas mulk sohasidagi yirik tadbirkor bo’lib, u «Hizmet» ning o’nlab million dollarga baholangan aktivlarini ham tasarruf qilgan. Xususan, «Hizmet» Florida va Pensilvaniya shtatlarida bir nechta rezidensiyaga ega. Gulen 1999 yildan beri ixtiyoriy surgunda Seylorsburg shahridagi mulklardan birida yashagan. Yoki u hali ham yashaydi. Hech bo’lmaganda «Hizmet» harakati ma’naviyat yetakchisining zaharlanishi haqidagi mish-mishlarga izoh bermadi.
Bundan tashqari, «Hizmet» saytida uning nutqi aks etgan video paydo bo’ldi. Ko’rinishidan yangi. Lekin bir qator turk nashrlari video eskilaridan tahrirlanganini da’vo qilmoqda.

Butun Turkiyaning Gulenga bo’lgan bunday jiddiy e’tibori uning ulkan siyosiy roli bilan izohlanadi. Gulen va uning tarafdorlari 2016 yilgi davlat to’ntarishiga urinishda ayblanmoqda. Muvaffaqiyatsiz davlat to’ntarishidan so’ng butun Turkiyada misli ko’rilmagan tozalashlar boshlandi.
«Hizmet» bilan aloqalari uchun Turkiyaning deyarli har o’ninchi amaldori va harbiy xizmatchisi, jumladan, Harbiy havo kuchlari qo’mondoni Akin O’zturk, 117 general va 30 nafar gubernator ishdan bo’shatildi.
O’nlab nashrlar, universitetlar, maktablar, fondlar yopildi. Turkiya, shuningdek, Pokistondan Nigeriya va Albaniyagacha butun dunyo bo’ylab «Hizmet» institutlarini yopishni talab qildi. Erdo’g’on hatto AQShga ultimatum ham berdi: siz Gulenni bizga topshiring, biz sizga hibsga olingan amerikaliklarni beramiz.

Gulenning o’zi hamisha Turkiya qo’shiniga aloqadorligini qat’iyan rad etib keladi. «Hizmet» o’z mafkurasini insonparvarlik va islom demokratiyasi sifatida tavsiflaydi.