Taylandda yashovchi it o'tkinchilar ovqat berishi uchun o'zini nogiron qilib ko'rsatmoqda… (VIDEO) 1

Taylandda yashovchi it o’tkinchilar ovqat berishi uchun o’zini nogiron qilib ko’rsatmoqda… (VIDEO)

 

Taylandning Bangkok shahri ko’chalaridan birida yashovchi «Ge» laqabli it o’tkinchilardan ovqat undirishning juda ayyorona va qulay usulini topibdi. U ko’chada odamlar ko’rindi deguncha ikki oyog’ini sudragan holda o’zini nogiron qilib ko’rsatgan ko’yi ularga yaqin borib ovqat so’ramoqda. Ketishgach, yana to’rt oyoqda turgancha ko’cha kezmoqda.

— Bu it men ishlaydigan joy yonida bir necha yildan beri yashaydi, — deydi guvohlardan biri. — Unga tez-tez qaynatilgan guruch beraman.»Ge» esa baribir o’tkinchilarni ahmoq qilishdan tiyilmaydi. Men boshida rostdan nogironmikan bu it deb o’ylab, uni veterinarga olib bormoqchi ham bo’ldim. Ammo keyin bilsam, bu it hiylagar ekan.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *